Mashhurlar
“Uydan pul oʻgʻirlar edim…” — Ozod Shukrulloyev

Oʻzining kayfiyatni koʻtaruvchi videolari bilan ancha tanilgan qiziqchi va vayner Ozod Shukrulloyev bolaligi haqida gapirib berdi.
“Stand up” shoular orqali baracha tanish boʻlgan aktyor kuni kecha YouTube dagi “Intervyu TV” boshlovchisiga bolalikdagi shoʻxliklari haqida ochiqchasiga gapirdi. U intervyusida uyidan pul oʻgʻirlagani, sinfdoshlarini yoʻldan urgani va shunga qaramay juda aqlli bola boʻlganligini aytdi.
“– 5-sinfligimda rus maktabga oʻtdim, matematikani yaxshi bilganim uchun olishdi, qolgan fanlardan faqat 3 bahoga oʻqiganman. Ayniqsa, rus, ingliz tili va rus adabiyoti fanlaridan. U yerdagi sinfdoshlarim ancha zamonaviy edi, maktab haqida-ku gapirmasa ham boʻladi. Yangi sinfdoshlarimga qoʻshilish uchun uydan pul oʻgʻirlashni boshladim, kompyuter xonaga yugurishni boshladim, keyin uydagilarim yana eski maktabiga qaytarishdi. Lekin bu hol eski maktabimga qaytganimda ham tugamadi, aksincha eski sinfdoshlarimni oʻzimga qoʻshib buzishga tushdim, lekin bilimim kuchli boʻlgani uchun oʻqituvchilar urushmas edi. 9-sinfdan keyin litseyga oʻtib ketdim, oʻsha yerda haqiqiy hayotni koʻrib, odam boʻlganman”, — deydi Ozod Shukrulloyev.
Avvalroq Ozod Shukrulloyev sabab Maftuna Shokirovaning uyiga sovchi kelmayotgani haqida gaplar tarqalgandi. Koʻpchilik ijodiy juftlikni er-xotin deb oʻylagan.