Jahon
Shu kunlarda xitoyliklarning boy qatlami koronavirusga qarshi dorilarni $1200 ga sotib olmoqda. Buning sababi nimada?

Xitoyda koronavirus epidemiyasining yangi to‘lqini fonida oʻziga ancha toʻq va boy hisoblangan aholi qatlami – mahalliy partiya va biznes elitasi Amerikaning “Pfizer” korporatsiyasining COVID ga qarshi preparati – «Paxlovid» ni ommaviy ravishda sotib olmoqda.
Aytish joizki, bu preparat Xitoy hukumati tomonidan mamlakatda foydalanish uchun tasdiqlangan COVID-19 ga qarshi yagona xorijiy dori hisoblanadi.
Sog‘liqni saqlash amaldorlari va biznes egalari ota-onalari, oilasi yoki do‘stlarini himoya qilish uchun katta miqdordagi tabletkalarni yuqori narxlarda sotib olishmoqda.
Qayd etish oʻrinliki, Xitoyning ayrim xususiy klinikalari “Paxlovid” ni har bir qutisi uchun ~$1200 narx belgilagan.