Buxoro yangiliklari
Buxoro tumanidagi 39-maktab hududidan 10 tup daraxt kesib tashlangan

Joriy yilning 4-yanvar kuni Buxoro tumanida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan nazorat reyd tadbiri o’tkazildi.
Reyd tadbiri davomida Buxoro tumanidagi 39-umumta’lim maktabi hududidan 10 tup mevali o’rik daraxtlarini kesib tashlaganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan maktabning ma’sul shaxsiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 79-moddasi, 1-qismi bilan 3 000 000 so’m jarima belgilandi.