Buxoro yangiliklari

Afrosiyob poyezdlari harakati to‘xtatilgani uchun “Sharq” yo‘lovchi poyezdiga qo‘shimcha vagonlar ulanadi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekistonga joriy yilning 10-yanvardan anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan 13-, 14-, 15-yanvar kunlari “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yo‘nalishidagi 766/765-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdining qatnovini bekor qilindi.

Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 13-, 14-, 15-yanvar kunlari ‘Toshkent — Buxoro — Toshkent” yo‘nalishdagi harakatlanuvchi quyidagi yo‘lovchi poyezdlarga qo‘shimcha vagonlar ulanadi:
1. 12/11-sonli “Toshkent — Samarqand — Buxoro — Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi “Sharq” yo‘lovchi poyezdiga har kuni 2 tadan (qo‘shimcha 94 ta o‘rin) vagon ulanadi.⠀
2. 56-sonli “Toshkent — Buxoro — Xiva — Toshkent” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdiga har kuni 3 tadan (qo‘shimcha 162 ta o‘rin) vagon ulanadi.
3. 125-sonli “Andijon — Toshkent — Buxoro” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdiga har kuni 3 tadan (qo‘shimcha 162 ta o‘rin) vagon ulanadi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version