Özbekiston

Ozod Hurramov 2 yil gaplashmagan do‘stini Amerikada uchratib qoldi

Ular “City house” jamoasida ham birga bo‘lishgan edi.

Instabloger, qo‘shiqchi Ozod Hurramov ayni paytda Amerikada bo‘lib turgan yana bir bloger Javohir bilan ko‘rishgani haqida Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi. Bloger u bilan 2 yil avval urushib qolganligini ham aytib o‘tdi.

“– Yoshligimizda birga bitta o‘quv markaziga borganmiz, o‘sha paytlarda, Xudo xohlasa, Amerikada birga yuramiz deb, niyat qilar edik. Yaxshi niyat qilish kerak ekan. Bu do‘stim bilan 2 yil avval oramizdan ola mushuk o‘tib qolgan edi”, — deb yozgan bloger.

Avvalroq Ozod Hurramov unga qilingan suiqasd haqida aytib bergan edi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version