O‘zbekiston

Telegramdagi “Kompromatuzb” kanali administratorlari safida Xurshid Daliyev, Muslim Mirzajonov, Mavjuda Mirzayeva va “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati rahbari Siyovush Hoshimov ham bor (-mi?)

Bugun, 30-yanvar kuni ushbu ish doirasida “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati rahbari Siyovush Hoshimov ham mazkur ish doirasida tergov qilinmoqda. Ayni daqiqalarda boshqa ma’lumotlar ochiqlanmadi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, biroz avval sobiq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva “Kompromatuzb ishi” doirasida hibsga olinganligi to‘g‘risida aytib o‘tgan edik.

Ishonchli mabalarga ko‘ra, internetda O‘zbekiston MTRK tarkibiga kiruvchi “O‘zbekiston 24” teleradiokanalini tanqid qilgan hamda davlat telekanallarida hali ham senzura mavjudligini aytib, qattiq rezonans qilgan Mavjuda Mirzayeva ayni paytda DXX tergov hibsxonasida tergov qilinmoqda. Unga nisbatan 10 kunlik hibs bo‘yicha sud sanksiyasi ham bor.

M. Mirzayeva DXX hibsxonasida qolayotgani haqidagi ma’lumotni uning qizi Zarina Mirzayeva ham tasdiqlagan. U 2 kundan buyon onasi bilan ko‘risha olmagan.

Shuningdek, hozirda Human.uz sayti bosh muahhiri Muslim Mirzajonov va yana 4 nafar xodimi qo‘yib yuborilgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 27-yanvar kuni Human.uz sayti direktori Xurshid Daliyev, bosh muharriri Muslim Mirzajonov va boshqalar nashr ofisidan olib ketilgandi.

Voqealarning batafsil xronologiyasini quyidagi maqolada o‘qishingiz mumkin: https://buxoroisharif.uz/10893/

Muallif: Sanjar Nazarov, Buxoroisharif.uz internet nashri bosh muharriri va asoschisi (https://t.me/sanjarnazarov).

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version