O‘zbekiston
Telegramdagi “Kompromatuzb” kanali administratorlari qo‘lga olindi (-mi?)
Kuni kecha, aniqrog‘i 27-yanvar kuni tushdan so‘ng Human.uz va Sof.uz internet nashrlari rahbari Xurshid Daliyev va yuqoridagi ikki sayt bosh muharriri Muslim Mirzajonov 5 nafar hamkasblari bilan birgalikda Toshkent davlat agrar universiteti hududida joylashgan sayt ofisidan maxsus xizmat xodimlari tomonidan olib ketildi.
Ogohlantirishsiz borgan kuchishlatar tuzilma vakillari tahririyat binosidagi xonalardan barcha axborot tashuvchi vositalar (fleshka, disklar), kompyuter texnikalari hamda boshqa texnik qurilmalarni musodara qilishib, kirish eshigini muhrlab ketishgan.
“Human.uz sayti ofisi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Quyi Chirchiq tumani bo‘limi surishtiruvchisi E. Ablamurodov imzosi bilan muxrlandi”, – deyiladi saytning rasmiy Telegram-kanalida.
Shuningdek, Human.uz ning sayti ishlamayotgani sababli, uning rasmiy Telegram-kanalidan foydalangan holda tahririyatning qolgan xodimlari ommaviy axboot vositalar vakillarilariga murojaat qilib, ushbu holatni yoritishlari va “organ xodimlari” tomonidan olib ketilgan muxbirlar bilan bog‘lanishda yordam ko‘rsatishlarini so‘rab chiqishdi. Voqea O‘zbekiston OAV ida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgani uchun Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi ham internet nashr jurnalistlarining qo‘lga olinishi bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirda ekanligini bildirib, huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu masala bo‘yicha izoh berilish kerakligini aytdi.
Aytish kerakki, shu orada bir necha soat davomida rasmiy idoralar vakillaridan ma’lumot olishning imkoni bo‘lmagan holda, Telegramdagi bir necha kanallar qo‘lga olingan Xurshid Daliyev va Muslim Mirzajonov https://t.me/Kompromatuzb kanali adminstratorlari ekanliklari haqida post chiqarishdi. Ushbu kanalda ko‘plab tasdiqlanmagan (ba‘zan esa kanalga chiqqan ma’lumotlardan asosida mas’ul rahbarlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilgan – tahririyat izohi) va ziddiyatli xabarlar berib borilgan.
“Bundan tashqari, ushbu kanal adminstratorlari orasida boshqa tashkilot vakillari ham borligi aytilgan. Ularning shaxsi hozircha noma’lumligi aytilmoqda. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, ushbu kanalni yurituvchi shaxslar tovlamachilik, soliqqa oid va boshqa shu kabi iqtisodiy jinoyatlarda ayblanmoqda”, – deyilgan xabarlarda.
Ta‘kidlash kerakki, ushbu tarqalgan xabarlarga Human.uz ning qolgan jamoasi o‘zining rasmiy Telegram-kanali orqali javob berdi. Unda aytilishicha, sayt va uning jabrlangan xodimlariga nisbatan axborot huruji uyushtirilgan.
“Bir qator anonim Telegram-kanallarida Human.uz saytining bugun olib ketilgan rahbar va xodimlari (jami 7 kishi) muayyan kanalning admini sifatida qo‘lga olingani haqida asossiz xabarlar tarqatilmoqda”, – deyiladi internet nashrning rasmiy Telegram-kanalida.
Biroz o‘tib, ushbu xabarni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktorning o‘rinbosari, huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev ham o‘zining Telegram-kanalida tasdiqladi.
Shundan so‘ng Davlat xavfsizlik xizmati rasmiy ma’lumot e’lon qildi. Unga ko‘ra, fuqarolar X. D. va boshqalar organ xodimlari tomonidan qo‘lga olinganligi aytilgan.
“DXX organlari tomonidan fuqaro I. A. dan kelib tushgan murojaatga asosan, fuqaro D. X. va boshqalarning Telegram messenjeridagi “Kompromatuzb” va boshqa kanallar orqali amalga oshirilgan jinoyatlarga aloqadorliklari sababli, ushlangan”, – deyiladi DXX taqdim etgan ma’lumotda.
Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi, 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
DXX matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, tergov davomida ishtirokchilar advokat bilan ta’minlanib, ularning qonun bilan belgilangan boshqa huquq va erkinliklari kafolatlangan.
Bir necha kun o‘tib, 30-yanvar kuni sobiq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva “Kompromatuzb ishi” doirasida hibsga olingani haqida Kun.uz nashri xabar berdi.
Ishonchli mabalarga ko‘ra, internetda O‘zbekiston MTRK tarkibiga kiruvchi “O‘zbekiston 24” teleradiokanalini tanqid qilgan hamda davlat telekanallarida hali ham senzura mavjudligini aytib, qattiq rezonans qilgan Mavjuda Mirzayeva ayni paytda DXX tergov hibsxonasida tergov qilinmoqda. Unga nisbatan 10 kunlik hibs bo‘yicha sud sanksiyasi ham bor.
M. Mirzayeva DXX hibsxonasida qolayotgani haqidagi ma’lumotni uning qizi Zarina Mirzayeva ham tasdiqlagan. U 2 kundan buyon onasi bilan ko‘risha olmagan.
Shuningdek, hozirda Human.uz sayti bosh muahhiri Muslim Mirzajonov va yana 4 nafar xodimi qo‘yib yuborilgani aytilmoqda.
Kun.uz manbalariga ko‘ra, ushbu ish doirasida davlat tashkilotining yana bir xodimi tergov qilinayotgani haqida xabar joyladi. Ammo keyinchalik ushbu xabardagi ism-familiyalarni olib tashladi.
Muallif: Sanjar Nazarov, Buxoroisharif.uz internet nashri bosh muharriri va asoschisi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi