Salomatlik
Gazlangan suvni har kuni ichish mumkinmi? Foydasi va ehtiyot choralari
Issiq kunlarda gazlangan suv chanqoqni yaxshi qondirishi mumkin, biroq oddiy mineral suv bilan shakar, konservant va xushbo‘ylantiruvchi moddalar qo‘shilgan ichimliklarni farqlash muhim. Bu haqda Daryo yozmoqda.
Inson tanasidagi suv miqdori 45–75 foizni tashkil etadi. Shu sabab yetarli miqdorda suv ichish organizmdagi suyuqlik muvozanatini saqlash uchun zarur. Toza suv suyuqlik yetishmasligini to‘ldiradi, shakarli gazli ichimliklar esa foydali suvning o‘rnini bosa olmaydi.
Shirin qo‘shimchalarsiz gazlangan suv tetiklantiradi va chanqoqni qondiradi. Uning tarkibidagi karbonat angidrid miqdori turlicha bo‘ladi. Tabiiy gazlangan mineral buloq suvlari qadimdan qadrlangan, ishlab chiqaruvchilar esa ayrim mineral suvlarga ularning xususiyatlarini saqlash uchun karbonat angidrid qo‘shadi.
Shu bilan birga, oshqozon va ichak kasalliklari bor odamlarga gazlangan suv mos kelmasligi mumkin: karbonat angidrid shilliq qavatni bezovta qiladi. Bunday suvni haddan tashqari ko‘p va muntazam ichish tish emaliga ham zarar yetkazishi mumkin.
Shakar, shakar o‘rnini bosuvchi moddalar, konservantlar va xushbo‘ylantiruvchilar qo‘shilgan gazli ichimliklarni tez-tez iste’mol qilish ortiqcha vazn, qondagi glyukoza miqdorining oshishi va qandli diabet xavfi bilan bog‘lanadi.
Bunday ichimliklardagi ortofosfor kislotasi suyaklardagi kalsiy miqdoriga va tish emaliga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Limon yoki olma kislotasi, rang beruvchilar, konservantlar va aromatizatorlarni ham ko‘p miqdorda iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


