Buxoro yangiliklari
Shofirkondagi “Mirzoqul” mahallasida 31,95 milliard so‘mlik loyihalar amalga oshirilmoqda
Shofirkon tumanining “Mirzoqul” mahallasida ta’lim, tibbiyot, ichimlik suvi, yo‘l, elektr ta’minoti, irrigatsiya va maishiy xizmatlarni qamrab olgan 31 milliard 950 million so‘mlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Yangilanishlar Islom taraqqiyot banki guruhi ishtirokidagi “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida olib borilmoqda. Yaqinda bankning Olmaota filialidan loyihalar bo‘yicha mintaqaviy menejer boshchiligidagi delegatsiya mahallada bo‘lib, qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Mahalladagi eng yirik obyekt — uch qavatli maishiy xizmat ko‘rsatish markazi bo‘lib, uning qurilishiga 11 milliard 264 million so‘m ajratildi. Markaz foydalanishga topshirilgan va faoliyat yuritmoqda. Bu aholi uchun xizmatlarni yaqinlashtirish bilan birga xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga zamin bo‘lmoqda.

Ta’lim yo‘nalishida 9-son maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilishga 3 milliard 168 million so‘m sarflanib, 90 o‘rinli zamonaviy bog‘cha yaratildi. Shuningdek, 540 o‘rinli 28-son umumta’lim maktabini ta’mirlash uchun 4 milliard 664 million so‘m ajratildi. Maktab va 9-son bog‘chaning filialini O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Aholiga tibbiy xizmatni yaqinlashtirish maqsadida 50 qatnovga mo‘ljallangan Mirzoqul oilaviy shifokorlik punkti binosi ham rekonstruksiya qilinmoqda. Ushbu ishlar uchun 1 milliard 759 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Mahallani sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun 5,610 kilometr tarmoq tortildi. Mazkur yo‘nalishga 1 milliard 760 million so‘m sarflandi. Delegatsiya yangi tarmoq yetib borgan xonadonlarda bo‘lib, aholi va nuroniylar bilan yaratilgan sharoitlarning kundalik hayotdagi ahamiyati haqida suhbatlashdi.

Yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha 6,167 kilometr magistral va ichki yo‘llar 4 milliard 95 million so‘m hisobidan joriy ta’mirdan chiqarildi. Yana 1 milliard 230 million so‘mga 5 kilometr piyodalar yo‘lagi qurildi. Elektr ta’minotini yaxshilash uchun esa 10 ta transformator podstansiyasi o‘rnatilib, 9,2 kilometr elektr tarmog‘i tortildi va bunga 2 milliard 250 million so‘m yo‘naltirildi.

Bundan tashqari, mahalladagi 3 kilometr irrigatsiya tizimini yaxshilash uchun 1 milliard 760 million so‘m ajratildi. Bu qurilish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Ta’lim, tibbiyot, suv, yo‘l, elektr, irrigatsiya va xizmat ko‘rsatish loyihalari “Mirzoqul”ning ijtimoiy hamda muhandislik infratuzilmasini kompleks ravishda yangilashga qaratilgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


