Salomatlik
Qulupnay kimlarga zararli bo‘lishi mumkin? Foydasi va ehtiyot choralari
Qulupnay C vitamini, foliy kislotasi, o‘simlik tolalari va antioksidantlarga boy rezavor hisoblanadi. Biroq ayrim kasalliklar, allergiya yoki dori vositalarini qabul qilish holatida uni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilish kerak. Bu haqda Daryo yozmoqda.
Qulupnayning foydali xususiyatlari
Vitaminlar va muhim oziq moddalar. Qulupnay immunitetni mustahkamlash va teri salomatligini saqlashda muhim bo‘lgan C vitaminiga boy. Uning tarkibidagi foliy kislotasi — B9 vitamini homila rivojlanishi uchun zarur moddalardan biridir.
Antioksidantlar. Rezavor tarkibidagi antioksidant va antosianlar organizmni oksidlovchi stress hamda erkin radikallar ta’siridan himoya qilishga yordam beradi. Ular yallig‘lanish jarayonlari va ayrim surunkali kasalliklar xavfini kamaytirishga xizmat qiladi.
Yurak va qon tomirlari uchun foyda. Qulupnay flavonoidlar va o‘simlik tolalariga boy. Bu moddalar xolesterin darajasini nazorat qilish hamda yurak kasalliklari xavfini kamaytirishga yordam beradi. Uning glikemik indeksi ham past bo‘lib, qondagi shakar miqdorining keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘lmaydi.
Miya faoliyati. Qulupnaydagi antioksidantlar kognitiv funksiyalarni saqlashga ko‘maklashadi. “Annals of Neurology” jurnalida chop etilgan tadqiqotda qulupnay va boshqa rezavorlarni iste’mol qilish yosh bilan bog‘liq kognitiv qarishni 2,5 yilgacha kechiktirishi mumkinligi qayd etilgan.
Teri salomatligi. C vitamini kollagen ishlab chiqarilishida ishtirok etadi. Qulupnaydagi antioksidantlar esa terini quyosh nuri va atrof-muhitning boshqa zararli omillari ta’siridan himoya qilishga yordam beradi.
Qaysi holatlarda ehtiyot bo‘lish kerak?
Pestitsid qoldiqlari. Qulupnay tez-tez sug‘oriladigan ekin bo‘lgani uchun uning yuzasida kimyoviy vositalar qoldiqlari bo‘lishi mumkin. Shu sababli rezavorni iste’mol qilishdan oldin oqar suvda yaxshilab yuvish muhim.
Allergik reaksiya. Ayrim odamlarda qulupnay qichishish, toshma yoki shish kabi kuchli allergik alomatlarni chaqirishi mumkin. Mevani yegandan keyin shunday belgilar kuzatilsa, tibbiy yordamga murojaat qilish lozim.
Tish emali va kariyes. Qulupnay tarkibida tabiiy shakar mavjud. U og‘iz bo‘shlig‘ida bakteriyalarning ko‘payishiga va kariyes rivojlanishiga sharoit yaratishi mumkin. Shu bois qulupnay iste’molidan so‘ng og‘izni suv bilan chayish yoki tishlarni tozalash tavsiya etiladi.
Oshqozon-ichak muammolari. Ko‘p miqdorda qulupnay yeyish ayrim kishilarda qorin dam bo‘lishi, gaz yoki diareyaga sabab bo‘lishi mumkin. Bunga rezavor tarkibidagi o‘simlik tolalarining ko‘pligi ta’sir qilishi ehtimol.
Dori vositalari bilan ta’sirlashuv. Manbada qulupnay ayrim qonni suyultiruvchi va yallig‘lanishga qarshi dorilar bilan ta’sirlashishi mumkinligi qayd etilgan. Doimiy dori qabul qiladiganlar uni ratsionga ko‘p miqdorda kiritishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishi maqsadga muvofiq.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


