Buxoro yangiliklari
Buxoroda pedofil erkaklar ijtimoiy yotoqxonada yashovchi qorako‘llik 13 yoshli qizni cho‘lga olib borib, zo‘rlashgani rostmi?
Kuni kecha internetda Buxoroda 13 yoshli qiz cho‘lda 4 nafar erkak tomonidan zo‘rlangani haqida ma’lumotlar tarqaldi va ushbu xabar jamoatchilik orasida keng rezonans oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qorako‘l tumanida yashovchi qiz onasi vafot etgani sababli, shu paytga qadar akasining oilasi bilan ijtimoiy yotoqxonada birga turgan. Qizning yangasi (akasining xotini) uni begona erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishga majbur qilib kelgan. Erkaklar qizning qarshiligiga qaramay, unga nisbatan kuch ishlatishib, jinsiy zo‘ravonlik qilishgan.
Kunlardan bir kuni yanga qizni 4 nafar erkak qo‘liga topshirgan. Erkaklar qizni cho‘ldagi kulbalardan biriga majburlab, olib borishgan. Haydovchidan tashqari, uch nafar erkak 13 yoshli qizni navbatma-navbat zo‘rlagan.
Ushbu holat yuzasidan rasmiy ma’lumot olish maqsadida Buxoro viloyati IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov bilan bog‘landik.
Sh. Jalolovning aytishicha, holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegish), 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qayd etish kerakki, 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish — 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ayni damda esa tergov harakatlari olib borilmoqda.
13 yoshli qizni cho‘lga olib chiqib, unga zo‘ravonlik qilganlikda gumonlangan uch shaxs hamda haydovchi ushlanib, qamoqda saqlanmoqda. Shuningdek, bu ishga daxldorlar bor-yo‘qligi tajribali tergovchi tomonidan aniqlanmoqda. Barcha jarayonlar qonun doirasida, haqqoniy olib boriladi.
IIB mulozimining qo‘shimcha qilishicha, tergov yakuni bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda aybdorlarga nisbatan jazo choralari qo‘llaniladi.
Shu o‘rinda xalq orasida yurgan gaplarni aytib o‘tishni lozim topdik. Aytishlaricha, ushbu turdagi jinoyatga qo‘l urgan shaxslarni “zona ichida” ham uncha xushlashmaydi, ularga boshqa maxbuslar tomonidan ba’zan bosim va zo‘ravonlik ishlatish kabi holatlar ham uchrab turgan.
Ma’lumot uchun. Wikipediyaga asosan, Pedofiliya — kattalar yoki oʻsmirlarning balogʻatga yetmagan bolalarga nisbatan asosiy yoki eksklyuziv jinsiy moyillikni boshdan kechiruvchi psixiatrik kasallikdir. Qiz bolalarda balogʻatga yetish jarayonini odatda 10 yoki 11 yoshda, oʻgʻil bolalarda esa 11 yoki 12 yoshda boshlansa-da, pedofiliya mezonlari balogʻatga yetishning chegaralanish nuqtasini 13 yoshgacha uzaytiradi. “Pedofiliyaga moyil” (pedofil) deya nomlanish uchun shaxs, kamida, 16 yoshda va balogʻatga yetmagan boladan kamida 5 yosh katta boʻlishi kerak.
Ruhiy kasalliklar diagnostikasi va statistik qoʻllanmasida pedofiliya psixologik buzilish deb ataladi va qoʻllanma uni balogʻatga yetmagan bolalarga nisbatan kuchli va takrorlanuvchi jinsiy istaklar va ularga nisbatan harakat qilingan yoki ularga sabab boʻlgan xayollarni oʻz ichiga olgan parafiliya sifatida belgilaydi. Kasalliklarning xalqaro tasnifi buni “balogʻat yoshiga yetgunga qadar boʻlgan bolalarni oʻz ichiga olgan doimiy jinsiy fikrlar, xayollar, istaklar yoki hatti-harakatlar bilan namoyon boʻladigan jinsiy qoʻzgʻalishning barqaror, yoʻnaltirilgan va kuchli shakli” sifatida belgilaydi.
Ommabop foydalanishda pedofiliya soʻzi, koʻpincha, bolalarga boʻlgan har qanday jinsiy qiziqish yoki bolalarning jinsiy zoʻravonlik harakatlariga, shu jumladan jismoniy yoki aqliy rivojlanish darajasidan qatʼiy nazar, voyaga yetmaganlarga aloqador jinsiy qiziqishga nisbatan qoʻllaniladi. Ushbu soʻz balogʻatga yetmagan bolalarga nisbatan jinsiy moyillikni bolalarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik harakati bilan bogʻlaydi.
Ammo baʼzi tadqiqotchilar ushbu noaniq taʼrifni inkor qiladilar. Chunki, bolalarga jinsiy zoʻravonlik qilgan odamlar pedofil sifatida koʻrilsa-da, ushbu jinoyatchilar, agar ular balogʻatga yetmagan bolalarga birlamchi yoki eksklyuziv jinsiy qiziqish bildirmasalar, pedofil hisoblanmaydi. Shuningdek, baʼzi pedofillar bolalarni tahqirlashmaydi.
Pedofiliya birinchi marta XIX asr oxirida rasman tan olingan va nom berilgan. 1980-yillardan beri esa ushbu sohada katta miqdordagi tadqiqotlar olib boriladi. Koʻpincha bu xastalik erkaklarda hujjatlashtirilgan boʻlsa-da, kasallik aniqlangan ayollar ham bor. Hisob-kitoblarga koʻra, ayol pedofillarning haqiqiy sonini kam miqdorda ifodalaydilar.
Pedofiliya uchun hozirgi kunga kelib ham hech qanday davo ishlab chiqilmagan, ammo bolalarga jinsiy zoʻravonlik qilish holatlarini kamaytiradigan davolash usullari mavjud. Pedofiliyaning aniq sabablari ham hali aniqlanmagan. Jinsiy aloqada boʻlgan bolalarda pedofiliya boʻyicha olib borilgan baʼzi tadqiqotlar uni turli nevrologik anomaliyalar va psixologik patologiyalar bilan bogʻlaydi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi