Islom

Namozda jahriy va maxfiy qiroat haqida nimalarni bilasiz?

photo 503
Foto: Times Now

Loading

Savol: Ba’zan uyda yolg‘iz namoz o‘qishimga to‘g‘ri keladi. Shunda Bomdod, Shom va Xuftonning farz namozlarini o‘qiyotganda Fotiha va Zam surani ovoz ciqarmay o‘qisa ya’ni faqat o‘zim eshitadigan darajada o‘qisam bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Namozda jahriy yoki maxfiy degan hukmlar qiroat ya’ni Fotiha va zam suraga tegishlidir va bu farz namozlarida ba’zan vojib, ba’zan esa ixtiyorli bo‘ladi. Namozda lab til yordamida harflarni talaffuz qilish bu namozdagi barcha zikr tasbehlar, qiroatu duolarga tegishli. Bunda o‘zi eshitar darajada pichirlab o‘qish nazarda tutilgan. O‘zi eshitmasada tili qimirlab harflarni to‘g‘rilab aytishni ham joiz degan ulamolar bor.

Demak, Bomdod, Shom, Xufton namozlarini farzlarining avvalgi ikki rakatida Fotiha va zam surani ovoz chiqarib o‘qish jamoat bilan o‘qilganida imomga vojib bo‘ladi, yolg‘iz o‘qiyotigan namozxonga esa ixtiyorli bo‘ladi. Peshin va Asr namozlarida hammasi ichida o‘qiladi. Ichida, maxfiy degani harflarni til va lab yordamida talaffuz qilmasdan degani emas. Maxfiyni chegarasi o‘zi eshitmog‘idir. Jahriy esa eng kamida yonidagilar eshitmog‘idir. Namozdagi duolar jahriy o‘qilmaydi. Vallohu a’lam.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.