Salomatlik

Qizil go‘shtni ko‘p iste’mol qilish ayollar salomatligiga qanday ta’sir qiladi?

salomatlik qizil gosht 24 cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Qizil go‘shtni ko‘p iste’mol qilish ayrim kasalliklar xavfi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi 17 yil davom etgan tadqiqotda qayd etildi. Bu haqda Daryo yozmoqda.

Buyuk Britaniyaning Lids universiteti mutaxassislari 35 yoshdan 39 yoshgacha bo‘lgan 32 147 nafar ayolning ovqatlanish odatlari va salomatlik ko‘rsatkichlarini kuzatgan. Ishtirokchilar mol va parranda go‘shti hamda baliqni iste’mol qilish tezligiga qarab to‘rt guruhga ajratilgan.

Birinchi guruhdagilar mol va parranda go‘shti hamda baliqni haftasiga bir marta yoki undan kam iste’mol qilgan. Ikkinchi guruh baliqni haftasiga kamida bir marta tanlagan, uchinchi guruh esa baliq va parranda go‘shtini haftasiga bir yoki undan ko‘p marta iste’mol qilgan. To‘rtinchi guruh ratsionida asosan qizil go‘sht — mol va qo‘y go‘shti hamda submahsulotlar ustun bo‘lgan.

Kuzatuv yakunida qizil go‘shtga ko‘proq tayangan to‘rtinchi guruhda to‘g‘ri ichak saratoni holatlari ko‘proq uchragani aniqlangan. Biroq bu guruh jami ishtirokchilarning atigi bir foizini tashkil qilgan. Tadqiqot rahbari doktor Diyego de Jorgui oilasida saraton kasalligiga moyillik bo‘lgan ayollarga go‘sht iste’molini cheklashni tavsiya etgan.

Maqolada keltirilgan boshqa kuzatuvlarda ham go‘shtni ko‘p iste’mol qilish bilan ayrim ayollar kasalliklari o‘rtasida bog‘liqlik qayd etilgan. Jumladan, Glazgo universitetining 2018-yilgi, 273 466 nafar ayol qatnashgan tadqiqotida haftasiga uch bo‘lak steyk iste’mol qilgan 35–40 yoshli ayollarda ko‘krak bezi saratoni xavfi oshgani bildirilgan.

Vashingtondagi saraton tadqiqot markazining 82 ming ayolni 22 yil kuzatgan ma’lumotlariga ko‘ra, haftasiga ikki marta go‘sht iste’mol qilganlarda endometrioz tashxisi go‘sht yemaydiganlarga qaraganda 56 foiz ko‘proq qo‘yilgan. Tadqiqotchilar bu holatga go‘sht iste’moli bilan bog‘liq gormonal jarayonlar ta’sir qilishi mumkinligini taxmin qilgan.

Mutaxassislar kasalliklarning oldini olish uchun jismoniy faollikni oshirish, yangi sabzavot va mevalarni ko‘proq iste’mol qilish, yog‘li va qovurilgan ovqatlarni cheklash, shuningdek, spirtli ichimliklar hamda chekishdan voz kechishni tavsiya etadi. Shaxsiy ovqatlanish bo‘yicha qarorlar, ayniqsa irsiy xavf mavjud bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashib qabul qilinishi lozim.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.