Hodisalar

Buxoroda o‘z hovlisida nasha yetishtirgan yana bir shaxs qo‘lga olindi

pic
Foto: Buxoro viloyati IIB

Loading

Respublikamiz bo‘ylab davom etayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” profilaktik tadbirlari doirasida navbatdagi narkojinoyat fosh etildi. Buxoro viloyati Romitan tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik moddalarini qonunga xilof ravishda yetishtirish bilan bog‘liq holatga chek qo‘yildi.

Tezkor tadbirlar davomida Romitan tumanining Qumrabod mahallasi hududida yashovchi gumonlanuvchining yashash xonadoni va tomorqasi ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv natijasida ushbu fuqaro o‘zining ekin maydonida 6 tup taqiqlangan kannabis giyohvandlik o‘simligini qonunga xilof ravishda parvarishlab kelayotganligi aniqlandi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mazkur o‘simliklar taqiqlangan giyohvandlik vositasi ekanligi tasdiqlandi.

Bundan tashqari, gumonlanuvchining yashash xonadonidan quritish maqsadida saqlab kelinayotgan, og‘irligi 94 grammdan ortiq bo‘lgan, o‘tkir hidli, yashil rangli modda aniqlandi. Ushbu ashyolar xolislar ishtirokida tegishli tartibda ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun: Jinoyat kodeksining ushbu moddasiga ko‘ra, taqiqlangan ekinlarni (ko‘knor yoki moyli ko‘knor, kannabis o‘simligi yoxud tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo‘lgan ekinlarni) qonunga xilof ravishda ekish yoki yetishtirish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ichki ishlar organlari fuqarolardan bu kabi jinoyatlarga befarq bo‘lmaslikni so‘raydi. Agar sizda shubhali shaxslar, ularning nojo‘ya xatti-harakatlari yoki qonunga xilof faoliyati, xususan, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq holatlar haqida biror-bir ma’lumot bo‘lsa, 102 orqali xabar berishingizni so‘raydi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.