Salomatlik

Bir kunda nechta tuxum iste’mol qilish mumkin?

pic
Foto: Magnific.com

Loading

Mutaxassislar yurak kasalliklarining oldini olish uchun inson iste’mol qilishi kerak bo‘lgan tuxumning ideal miqdorini aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, qon-tomirlarda tiqin hosil qilishda tuxumning o‘zi emas, balki mahsulotning nimalar bilan iste’mol qilinishi sabab bo‘ladi. Daryo shular haqida yozmoqda.

Asosiy xavf nimada?

Ko‘pchilik tuxumdagi xolesterindan qo‘rqadi, lekin olimlarning aytishicha, u organizmga u qadar yomon ta’sir qilmaydi. Haqiqiy xavf — to‘yingan yog‘lar. Aynan mana shu yog‘lar qon tomirlarini ichkaridan qoplab, tiqin hosil qiladi.

Shifokorlar quyidagi me’yorni tavsiya qiladi:

  • Sog‘lom odamlar: kuniga 1 ta butun tuxum yoki 2 ta tuxum oqi.
  • Yurak kasalliklaridan aziyat chekuvchilar, qandli diabeti bor yoki xolesterini baland odamlar: haftasiga 4 tadan ko‘p tuxum sarig‘i yemasligi kerak.

Biroq agar ratsioningizda go‘sht, pishloq va sariyog‘ kabilar yetarli darajada kiritilgan bo‘lsa, tuxum sarig‘ini yanada kamaytirishingizga to‘g‘ri keladi.

Tuxumning o‘zini iste’mol qilish aslida juda foydali, ko‘plab vitaminlarga boy. Lekin biz ko‘pincha tuxumni kolbasa, pishloq yoki sariyog‘ surtilgan non bilan yeymiz. Mana shu narsalar yurakka zarar keltiradi.

Masalan, ko‘chadan sotib olingan yoki uyda tayyorlangan tuxum, kolbasa va pishloqli bir dona sendvich bilan kunlik yog‘ me’yorini to‘ldirib qo‘yishingiz hech gap emas. Oddiy qilib aytganda, bitta nonushtaning o‘zi bilan bir sutkalik zararli yog‘ miqdori kunlik me’yordan oshib ham ketadi.

Qanday shaklda pishirgan ma’qul?

Tuxumni sariyog‘da qovursangiz, uning zararli yog‘i darrov ko‘payib ketadi. Eng yaxshisi uni:

  • Suvda qaynatib yeyish;
  • Yog‘siz tovada pishirish.

Tuxumga ismaloq yoki boshqa ko‘katlar qo‘shishingiz mumkin. Bu salomatlik uchun foydali.  Agar ovqatingizda boshqa og‘ir va yog‘li mahsulotlar (go‘sht, pishloq, sariyog‘) kam bo‘lsa, bemalol tuxum yeyishingiz mumkin.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.