O‘zbekiston
Inson tana a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi. Ular orasida buxoroliklar ham bor (video)
Kuni kecha Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida inson organlari va toʻqimalari savdosi bilan shugʻullangan uyushgan jinoiy guruh fosh etildi.
Toshkent shahri va Toshkent, Fargʻona, Buxoro hamda Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi 12 nafar fuqarodan iborat jinoiy guruh ijtimoiy tarmoqlar orqali buyrak va jigar kasalliklaridan aziyat chekayotgan bemorlarni topib va sogʻlom fuqarolarni moʻmay pul evaziga oʻz organini sotishga qiziqtirib, chet eldagi tanishlari yordamida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni qalbakilashtirish orqali ularni goʻyoki qarindosh sifatida koʻrsatib, qoʻshni davlatlarning biridagi xususiy klinikada jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirishgan.
Uyushgan jinoiy guruhning 2023–2025-yillardagi faoliyati davomida 32 nafar bemorga buyrak yoki jigar toʻqimalari koʻchirib oʻtkazilgan.
Oʻz navbatida, bemorlardan olingan katta miqdordagi pul mablagʻlarining maʼlum bir qismi operatsiya uchun xususiy klinikaga hamda donorlarga berilgan, qolgani esa oʻzaro taqsimlangan.
Shuningdek, jarrohlik amaliyotidan keyin sogʻliqlarida ijobiy oʻzgarish boʻlmagan bemorlarga ogʻriqni qoldirish maqsadida jinoiy guruh tomonidan kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari qimmat narxlarda sotilgan.
Uyushgan jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 1331 (inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish hamda transplantatsiya qilish shartlarini va (yoki) tartibini buzish), 228 (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 246 (kontrabanda) va 273 (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) -moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi.
Hozirda jinoyat ishi mazmunan koʻrib chiqish uchun sud organlariga yuborildi.
Hurmatli fuqarolar! Agarda siz bunday masalalarda ushbu jinoiy guruhdan yoki boshqa shaxslardan jabr koʻrgan boʻlsangiz eng yaqin ichki ishlar organlariga yoki 102 raqami orqali xabar berishingiz soʻraladi.
Shuni alohida qayd etiah lozimki, O‘zbekistonda ham transplantatsiyaga ruxsat berilgan.
Inson a’zolari va to‘qimalarini olish hamda ularning transplantatsiyasi davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiyot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi, ushbu muassasalarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Batafsil ushbu havola orqali ma’lumot olishingiz mumkin.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xoʻjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


