Mashhurlar

Dildora Niyozova qaysi qoʻshigʻi sabab, otasi undan norozi boʻlganini aytdi

photo 506

Loading

Otasining gaplaridan soʻng xonanda uxlolmay chiqqan. Biroq bu gaplardan bexabar prodyuseri taronani tarqatib yuborgan. Premyeradan soʻng qoʻshiq tezda ommalashib ketgan. Xonandaning otasi bundan ranjigan.

“Eshitgan ʻshirinʻ gaplarimdan ertalabgacha uxlolmay chiqqandim. Bu gaplardan xabari yoʻq prodyuserim qoʻshiqni tarqatib yuborgan. Ertasi kuni tursam hamma yerda Dildora Niyozovaning ʻIshonmaʻ qoʻshigʻi yangrayapti. Bozorda ham doʻkonda ham qoʻshiqni eshitganimizda hammamiz shokka tushib qolganmiz. Dadam ham hayron boʻlgan, ammo ʻQiz bola narsa nega bunday qoʻshiqni aytingʻ, deb rosa ranjigandi. Shunday boʻlsada, xalq orasida Dildora Niyozova boʻlib tanilishim bu qoʻshiqning hissasi katta. Shu qoʻshiq ommalashganidan keyin Surxondaryo stadionida konsert berganimda ketmasin deb mashinani koʻtarib yuborgan paytlari ham boʻlgan. Davralarda qoʻshiqni qayta-qayta ijro etishimni soʻrashardi. Yaratganga shukr, shunday kunlarni ham koʻrdik”, — deydi xonanda Dildora Niyozova.

“Toʻy xizmatiga borganimda, bir onaxon yonimga kelib, ʻSizni eringiz toʻylarga chiqarmayman degandi. Qoʻshiq aytyapsizmi?ʻ, dedi. Oʻsha toʻyxonadan shu savolga javob berib chiqib ketdim. Men ʻOrangizda janjallashib qolmagan ayollar bormi?ʻ, deb soʻradim. Shunda hamma ayollar kuldi. ʻMening ham erim jahli chiqqanda gapiradida. Mana koʻnglini olgandim toʻyga chiqaryaptiʻ, dedim. Men ogʻirroq boʻlgandim mana yana sanʼatda davom etyapman”, — deydi Dildora Niyozova.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Dildora Niyozova sanʼatga qaytishga erini qanday koʻndirganini aytgandi. Toʻy xizmatlaridan birida unga bir onaxon eri toʻyga chiqishga ruxsat bermagani haqida savol bergan. Xonanda bu savolga javob bermaguncha toʻyxonadan chiqib ketmagan. Dildora Niyozova oʻsha davrada boʻlgan ayollar qaysi biri eri bilan janjallashib qolmagani haqida soʻragan. Ayollar esa kulgan. Xonanda turmush oʻrtogʻining koʻnglini olgani uchun toʻylarga chiqishga ruxsat berganini taʼkidladi.

Video:

Manba: shoubiz.uz

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    photo
    18.03.2024

    Buxoroda maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus va yuk mashinasi o‘rtasida sodir bo‘lgan avariya oqibatida o‘quvchi halok bo‘ldi (video)

    photo
    29.02.2024

    Buxorodagi san’at maktabida usta pianinoni keti bilan chalgani rostmi yoxud feyk-xabar ortida nima turibdi?

    photo
    27.02.2024

    Buxorolik tadbirkorning o‘z joniga qasd qilgani rostmi yoxud yolg‘on xabar ortida shaxsiy manfaat turibdimi?

    photo
    26.02.2024

    Buxoroda aeroport orqali qadimiy tangalarni Dog‘istonga olib ketishmoqchi bo‘lishdi

    photo
    23.02.2024

    Har bir murojaat e’tiborda — Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi

    photo
    09.02.2024

    Ipoteka krediti asosida olingan uy-joyni kreditni to’lamasdan boshqa shaxsga sotish mumkinmi?

    photo
    31.01.2024

    Huquqshunos sharhi: talabalar ham oliygohdan “suyunchi puli” olishga haqli

    picture
    25.01.2024

    Murodjon Umarov O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

    picture
    23.01.2024

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudi raisi Boborahim Achilovga hayfsan berildi

    picture
    19.01.2024

    “Yordam beringlar, otam onamni o‘ldiryapti!” — 20 yillik turmushdan so‘ng qorako‘llik erkak o‘z xotinini bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

    picture
    18.01.2024

    G‘ijduvonlik “uddaburon” tanishining xonadonidan tamaki kontrabandasi uchun foydalanmoqchi bo‘ldi

    picture 1
    17.01.2024

    Markaziy bankning Buxorodagi rahbari Erkin Mansurovning 20 mln dollarlik jinoyat ishidagi aybi isbotlanmadi

    picture
    17.01.2024

    Buxoroda bojxona orqali jangovor o‘qlarni olib o‘tishga urinish bo‘ldi

    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.