Buxoro yangiliklari

“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda

photo 517
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

“To‘qimachi” oxirgi to‘xtash bekatida qurilish ishlari davom etmoqda.

Viloyatda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, viloyatda zamonaviy transport infratuzilma obyektlarini baro etish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarga muvofiq Buxoro shahrida yo‘nalishli avtotransport vositalarining oxirgi to‘xtash bekatini qurish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Ayni damda Transport vazirligi mablag‘lari hisobidan qurilish ishlari davom etayotgan “To‘qimachi” oxirgi to‘xtash bekatining ishga tushirilishi bilan Buxoro tumanini Buxoro shahri bilan bog‘lovchi yo‘nalishlaridagi avtobuslar va yo‘nalishli taksilarning shu yerdan belgilangan jadval asosida harakatlanishi yo‘lga qo‘yiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.