O‘zbekiston

Avia va temiryo‘l chiptalarini 50% arzonga olish imkoni haqida bilasizmi?

photo 509
Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi

Loading

Mustaqillik bayrami munosabati bilan bir qator chegirmalar e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-dekabrdagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-35-son Farmoni 4-bandi ijrosi yuzasidan Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2022-yil 1–2–3–4-sentabr kunlari aholining dam olish kunlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizmga jalb etish maqsadida tegishli vazirlik va idoralardan respublika bo‘ylab belgilangan chegirmalar to‘g‘risida ma’lumotlar jamlandi.

1. “Uzbekistan Airways” AJ Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2022-yil 1–2–3–4-sentabr kunlari amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlarning barcha turdagi tariflariga 50% chegirma e’lon qiladi.

2. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ  tomonidan respublikaning barcha ichki qatnovlari uchun (2022-yil 1–2–3–4-sentabr kunlari) 10% dan 50% gacha chegirmalar belgilandi.

3. “Vaqf” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik kirish chiptalari joriy qilingan madaniy meros obyektlari (ziyoratgoh va qadamjolar) da joriy yil 1–2–3–4-sentabr sanalarida yurtimiz fuqarolari uchun kirish chiptalar narxiga 50% chegirma joriy qilindi.

Respublika bo‘ylab joylashgan muzeylar, mehmonxonalar, ovqatlanish shoxobchalari tomonidan taqdim etilgan ixtiyoriy chegirmalarning to‘liq ro‘yxati:

1. Joylashtirish vositalari (mehmonxona uyi) xizmatlari uchun beriladigan chegirmalar ro‘yxati

2. Umumiy ovqatlanish joylaridagi xizmatlar uchun beriladigan chegirmalar ro‘yxati

3. Ichki turizm yo‘nalishida faoliyat olib boruvchi turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari ro‘yxati

4. Joriy yilning 1–4-sentabr kunlari uchun chegirmalar

5. Respublika kesimida bo‘lib o‘tadigan madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar va aksiyalar ro‘yxati

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.