Buxoro yangiliklari

Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi

photo 508
Foto: Madaniy meros agentligining PR-markazi

Loading

Joriy yilning 1-noyabrdan 7-noyabrgacha mamlakatimizning bir necha hududlarida Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro haftalik doirasida ziyorat turizmini rivojlantirishga qaratilgan ko‘rgazmalar, seminarlar, ilmiy-amaliy anjumanlar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar, shuningdek, tematik suvenir mahsulotlari targ‘iboti o‘tkaziladi. Tadbir ishtirokchilarini quyidagilar kutmoqda:

– Samarqand shahridagi yangi “Silk Road” sayyohlik markazida Xalqaro Ziyorat turizmi haftaligining rasmiy ochilishi, “O‘zbekistonning islom merosi” anjumani, milliy kuy va qo‘shiqlar festivali (Tadbirning birinchi kuni – 1-noyabr);

– Registonda “Koʻngil ohanglari” festivali, Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat (Tadbirning ikkinchi kuni – 2-noyabr);

– “Mir Arab madrasasi bitiruvchilari” forumi, Buxoro shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat (Tadbirning uchinchi kuni – 3-noyabr);

– Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasida “Zamonaviy islom me’morchiligi” va Buxoro shahridagi “Naqshband” hunarmandchilik markazida “Islom xattotligi va dekorativ dizayni” ko‘rgazmalari (Tadbirning to‘rtinchi kuni – 4-noyabr);

– Ichan qal’a markazida “Mahmud az Zamaxshariy ilmiy merosi”ga bag‘ishlangan anjuman, “Xiva – islom olami turizmi poytaxti” mavzusiga bag‘ishlangan “Jahon ustalari” xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmalari va turli xalqlar amaliy san’at ustalari va hunarmandlarining yarmarkasi, Xivada “Najmiddin Kubro ko‘rsatmalari” konferensiyasi (Tadbirning beshinchi kuni – 5-noyabr);

– “Islom iqtisodiyoti” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati, “Milliy liboslar” ko‘rgazmasi, Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasiga ekskursiya (Tadbirning oltinchi kuni – 6-noyabr);

– “Tashkent City” kongresslar zalida “Halol turizm” anjumani, “Navro‘z” istirohat bog‘ida “Halol taomlar” festivali, Xalqaro ziyorat turizmi haftaligining yopilish marosimi, “Tashkent City”da gala-konsert (Tadbirning so‘nggi kuni – 7-noyabr).

Shuningdek, haftalik doirasida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida mazkur voqealarni har tomonlama yorituvchi matbuot anjumanlari va brifinglar o‘tkazish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi PR-markazining xabar berishicha, Xalqaro haftalikni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizning ziyorat turizmi salohiyatidan yanada samarali foydalanish, O‘zbekistonni jahon sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri sifatida namoyon etish, jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak e’tirofga sazovor bo‘lish, shuningdek, ziyorat turizmi xizmatlarini diversifikatsiya qilish va turizm eksportini oshirishdan iborat.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.