Buxoro yangiliklari
Buxoroda murakkab endoskopik operatsiya muvaffaqiyatli bajarildi
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida respublikada ilk bor mustaqil ravishda POEM — endoskopik miotomiya usulida murakkab, kam invaziv jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi. Bu haqda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Qizilo‘ngach mushak halqasi faoliyati buzilishi oqibatida kelib chiqadigan qizilo‘ngach axalaziyasi, ya’ni kardiospazm bilan og‘rigan bemorlarda ovqatning oshqozonga o‘tishi qiyinlashadi va me’da-ichak tizimi faoliyati buzilishi mumkin. Bu kasallik ayniqsa 30–60 yoshdagi erkaklar va ayollar orasida uchrashi qayd etilgan.
Filialga 1987-yilda tug‘ilgan bemor ovqat va suv yutishdagi qiyinchilik, ko‘ngil aynishi, qusish hamda vazn yo‘qotish shikoyatlari bilan murojaat qilgan. U bir necha yil davomida turli tibbiyot muassasalarida davolangan bo‘lsa-da, holati yaxshilanmagan. Tekshiruvlardan so‘ng unga qaytalanuvchi kardial axalaziyaning III darajasi va gastroezofageal reflyuks kasalligi tashxisi qo‘yildi.
Operatsiyada filial bosh endoskopisti, tibbiyot fanlari nomzodi A. Haydarov, Respublika onkologiya markazi bosh endoskopisti A. Dosov, endoskopistlar A. Rajabov va A. Rasulov, Buxoro tibbiyot instituti dotsenti O. Abidov, filial bosh vrachi O. Ro‘ziyev hamda boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.
Jarayonni Yaponiya, Janubiy Koreya, Sharqiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Rossiyadagi yetakchi mutaxassislar telemeditsina orqali kuzatib bordi. Romitan, Qorako‘l, G‘ijduvon va Vobkent tumanlaridan endoskopistlar ham jalb qilindi.
Hozir bemorning ahvoli ijobiy tomonga o‘zgargan, unda me’yoriy ovqatlanish va me’da-ichak tizimi faoliyati tiklanmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


