Buxoro yangiliklari

Buxoro maktablari uçun keltirilgan uskunalarga 280,1 million sömlik bojxona imtiyozi qöllandi

29 customs cover
Illyustrativ surat: Buxoroişarif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Loading

Buxoro viloyatidagi maktablarni havo almaşinuvi va konditsionerlaş tizimlari bilan jihozlaş uçun olib kelingan tovarlarga 280,1 million sömlik bojxona tölovlari böyiça imtiyoz qöllandi. Tovarlar “erkin muomalaga çiqariş” bojxona rejimiga rasmiylaştirildi. Bu haqda Buxoro viloyati bojxona boşqarmasi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.

Masala boşqarmada viloyatda faoliyat yuritayotgan taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari bilan ötkazilgan oçiq muloqotda hal etildi. Unda Bojxona qömitasi mas’ullari, hududiy bojxona organlari mutaxassislari va tadbirkorlik subyektlari vakillari iştirok etdi.

Buxoro bojxona boşqarmasida tadbirkorlar bilan muloqot

“Pölat suv quriliş montaj” MÇJ vakili Ş. Xazratov maktablar uçun keltirilgan mazkur tovarlarga bojxona tölovlari böyiça imtiyozlarni qöllaş yuzasidan murojaat qilgan. Tadbirkorga tegişli tuşuntirişlar berilib, murojaat joyida hal etilgan.

Buxoro bojxona boşqarmasida tadbirkorlar bilan muloqot

Natijada 280,1 million sömlik imtiyoz qöllanilgan holda rasmiylaştiruv amalga oşirilgan. Boşqarma xabarida bu holat tadbirkorlarning amaliyotda uçrayotgan muammolariga yeçim topiş misoli sifatida keltirilgan.

Buxoro bojxona boşqarmasida tadbirkorlar bilan muloqot

Muloqotda tadbirkorlik subyektlarini qöllab-quvvatlaş, taşqi savdo operatsiyalari uçun qulay şart-şaroit yaratiş, bojxona tartib-taomillarini soddalaştiriş va mavjud muammolarni bartaraf etiş böyiça belgilangan vazifalar muhokama qilindi.

Buxoro bojxona boşqarmasida tadbirkorlar bilan muloqot

Şuningdek, Prezidentning 2026-yil 27-avgustdagi “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillaştiriş va bojxona ma’murçiligida zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-174-son farmoni haqida ma’lumot berildi. U bilan tasdiqlangan “Yangi Özbekiston bojxonasi — 2030” strategiyasidagi vazifalar, taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilari uçun imkoniyat va yengilliklar tuşuntirildi.

Buxoro bojxona boşqarmasida tadbirkorlar bilan muloqot

Uçraşuvning keyingi qismida tadbirkorlarning fikr-mulohazalari, takliflari va kundalik faoliyatida duç kelayotgan muammolari tinglandi. Murojaatlarni qonunçilik talablari asosida körib çiqiş hamda zarur amaliy kömak körsatişga e’tibor qaratildi.

Buxoro bojxona boşqarmasida tadbirkorlar bilan muloqot

Boşqarmaning qayd etişiça, bunday muloqotlar bojxona organlari va tadbirkorlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, muammolarni öz vaqtida aniqlaş va bartaraf etiş hamda taşqi iqtisodiy faoliyat uçun qulay işbilarmonlik muhitini şakllantirişga xizmat qiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.