Buxoro yangiliklari
Ğijduvonning Xalqobod mahallasida 180 örinli yangi boğça oçildi
Ğijduvon tumanining Xalqobod mahallasida 180 örinli yangi bolalar boğçasi foydalanişga topşirildi. 55-sonli maktabgaça ta’lim taşkiloti uçun zamonaviy uç qavatli bino qurildi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
Mahallada uzoq yillardan buyon faoliyat yuritgan boğça dastlab 50 örinli bölgan, keyinçalik 90 nafar bolani qamrab olgan. Sönggi yillarda bino torlik qilib, ta’mirtalab holatga kelib qolgan. Aholisi köpayib borayotgan mahallada şu ehtiyojni hisobga olib, boğça joriy yilda yangidan qurildi.

Yangi binoda dars maşğulotlari, öyin va musiqa xonalari, oşxona hamda yotoqxona jihozlandi. Yozgi ayvonçalar qurilib, sanitariya va isitiş tarmoqlari şay holatga keltirildi. Bu şart-şaroitlar bolalarning ta’lim-tarbiyasi, dam olişi va soğlom rivojlanişi uçun möljallangan.

Loyihalaştiriş işlarini “Buxoro road brand” taşkiloti bajargan. Quriş işlarida pudratçi “Şofirkon mohitobon” MÇJ binokorlari iştirok etgan.

Inşootni foydalanişga topşiriş tadbirida tuman hokimligi va maktabgaça hamda maktab ta’limi bölimi mutasaddilari, mehnat faxriylari va mahalla faollari hozir böldi. Quruvçilarga minnatdorlik bildirilib, yoş avlod uçun qulay va zamonaviy muhit yaratiş muhimligi ta’kidlandi.

Ramziy lenta qirqilganidan söng qatnaşçilar binodagi xonalar va bolalar uçun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanişdi. Yangi boğça Xalqoboddagi maktabgaça ta’lim qamrovini kengaytiriş va avvalgi tor bino bilan boğliq muammoni bartaraf etişga xizmat qiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qöshiğining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni öldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
Ğiybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xöjayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


