Salomatlik
Ayollar salomatligi: qizil go‘sht saraton xavfini oshirishi mumkinmi?
Ayollarda keng uchraydigan ayrim saraton kasalliklari xavfi kundalik ratsiondagi qizil go‘sht miqdori bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu haqda Daryo yozmoqda.
Buyuk Britaniyaning Lids universiteti olimlari 35–39 yoshli 32 147 nafar ayol salomatligi va ovqatlanish odatlarini 17 yil davomida kuzatdi. Ishtirokchilar iste’mol qiladigan mahsulotlariga qarab to‘rt guruhga ajratildi.
- Mol va parranda go‘shti hamda baliqni haftada bir martadan kam iste’mol qiluvchilar;
- baliqni haftada kamida bir marta tanovul qiluvchilar;
- baliq va parranda go‘shtini haftada bir marta yoki ko‘proq iste’mol qiluvchilar;
- asosan qizil go‘shtni tanlaydiganlar.
Tadqiqotchilar qizil go‘sht sifatida o‘rtacha pishirilgan mol va qo‘y go‘shti hamda submahsulotlarni hisobga oldi. Natijalar asosan qizil go‘sht iste’mol qilgan ayollarda to‘g‘ri ichak saratoni xavfi yuqoriroq ekanini ko‘rsatdi. Ushbu guruh jami ishtirokchilarning bir foizini tashkil qilgan.
Tadqiqot rahbari doktor Diyego de Jorgui oilasida saraton kasalligiga moyillik bo‘lgan ayollarga go‘sht iste’molini cheklash foydali bo‘lishi mumkinligini qayd etdi.
2018-yilda Glazgo universitetida 273 466 nafar ayol ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotda haftasiga uch bo‘lak steyk iste’mol qilgan 35–40 yoshli ayollarda ko‘krak bezi saratoni rivojlanish xavfi oshishi aniqlangan.
Vashingtondagi Saraton tadqiqot markazining 82 ming ayolni 22 yil kuzatgan tadqiqotida esa haftasiga ikki marta go‘sht iste’mol qilganlarda go‘sht yemaydiganlarga nisbatan endometrioz tashxisi 56 foiz ko‘proq qayd etilgan.
Mutaxassislar xavfni kamaytirish uchun faol jismoniy harakat qilish, yangi sabzavot va mevalarni ko‘proq iste’mol qilish, yog‘li hamda qovurilgan taomlardan saqlanish, chekish va spirtli ichimliklardan voz kechishni tavsiya qiladi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


