Jahon
Yevropadagi o‘rmon yong‘inlari: minglab odamlar evakuatsiya qilindi
Yevropaning bir qator davlatlarida jazirama va qurg‘oqchilik fonida o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda, minglab aholi uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Fransiyaning Land departamentidagi Lyuglon shahri atrofidan qariyb 100 nafar mahalliy aholi va sayyoh qayta evakuatsiya qilindi. Yong‘in 1 580 gektarga yaqin hududni qamrab olgan, uni o‘chirishga 550 nafar o‘t o‘chiruvchi va aviatsiya jalb etilgan.
Germaniyaning Eyfel mintaqasidagi yirik yong‘in sabab Hyurtgenvald hududidan kamida 1 800 kishi ko‘chirildi. Voqea joyida qariyb 1 400 nafar o‘t o‘chiruvchi ishlamoqda. Ushbu yong‘in Shimoliy Reyn-Vestfaliya tarixidagi eng yirik o‘rmon yong‘ini bo‘lishi mumkin.
Ispaniyaning Aragon mintaqasida 15 ming gektardan ortiq yer yonib ketdi va qariyb 1 000 kishi evakuatsiya qilindi. O‘t o‘chiruvchilar alangani aholi punktlari tomon tarqalishini to‘xtatgan.
Gretsiyada kuchli shamol yangi yong‘inlar xavfini oshirdi. Mamlakatda bir sutka ichida 50 dan ortiq qishloq xo‘jaligi va o‘rmon yong‘ini qayd etilgan, ularning aksariyati nazoratga olingan.
Xorvatiyaning Dugi Otok orolida 100 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi va ikkita suv tashuvchi samolyot ishlamoqda. Serbiyada esa 25 ta yong‘in o‘chog‘iga qarshi kurash davom etmoqda; Deliblatska milliy bog‘idagi yong‘in 25 kvadrat kilometr hududni qamrab olgan.
Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Yevropa yuqori yong‘in xavfi holatida ekanini bildirdi. Yevropa Ittifoqining “Kopernik” sun’iy yo‘ldoshlari vaziyatni xaritalashda yordam bermoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


