Buxoro yangiliklari
Jondor tumanidagi 7-sonli maktab 3,6 milliard so‘mga rekonstruksiya qilinmoqda
Mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchi-yoshlar uchun jahon andozalariga mos, zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Bu borada Jondor tumanida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Xususan, tumanning “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 7-sonli umumta’lim maktabida keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 3 milliard 648 million so‘mni tashkil etadi. 240 o‘ringa mo‘ljallangan ta’lim muassasasida qurilish va ta’mirlash ishlari barcha texnik hamda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda.

Loyiha buyurtmachisi — Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi, loyihachi — “Bukhara Perfect Project” MCHJ, pudratchi tashkilot esa “BAMU Buxoro suv maxsus ta’mir” MCHJ hisoblanadi.

Yangi o‘quv binosida o‘quvchilar va pedagoglar uchun zamonaviy, qulay hamda xavfsiz muhit yaratilgan. Xususan, bino zamonaviy lift bilan jihozlangan bo‘lib, har bir qavatda alohida yuvinish xonalari va sanitariya uzellari tashkil etilgan.

Shuningdek, bino zamonaviy va energiya tejamkor VRV/VRF tizimidagi isitish hamda sovitish uskunalari bilan ta’minlangan. Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida ko‘mir yoqilg‘isiga moslashtirilgan alohida qozonxona ham barpo etilgan.

Ta’lim muassasasini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida yangi transformator o‘rnatilib, zamonaviy quyosh panellari ham joylashtirilgan.

Bino fasadi issiqlikni saqlovchi bazalt qatlami bilan qoplanib, tashqi qismiga zamonaviy va ko‘rkam travertin qoplamasi ishlatilgan. Maktab hududi esa mustahkam hamda estetik ko‘rinishga ega temir panjarali devorlar bilan o‘rab olingan.
Maktab nafaqat zamonaviy binosi, balki obod va ko‘rkam hududi bilan ham e’tiborni tortadi. Muassasa hududidagi tomorqa yerlari tartibga keltirilib, turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va gulzorlar barpo etish ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Bu o‘quvchilarda mehnatsevarlik, ozodalik va tabiatga mehr tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.
Ayni paytda maktab binosida so‘nggi pardozlash va yakuniy sozlash ishlari jadal davom etmoqda. Ta’lim muassasasini yangi o‘quv yilining dastlabki kunlaridanoq foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Shubhasiz, zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilingan ushbu ta’lim maskani “Istiqlol” mahallasi ahli, ayniqsa, yosh avlod uchun munosib tuhfa bo‘ladi. Yangi maktab O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida mahalla ahli qalbida unutilmas taassurot qoldirishi, ezgu maqsadlar sari intilayotgan yoshlar uchun esa munosib bilim va tarbiya maskaniga aylanishi shubhasiz.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


