Buxoro yangiliklari
G‘ijduvondagi 300 dan ortiq xonadonning elektr ta’minoti yaxshilanadi
Elektr energiyasi aholi farovonligi va turmush qulayligini ta’minlashda muhim omillardan biridir. Shu bois hududlarda elektr ta’minotini yaxshilash, mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qilish, eskirgan infratuzilmani yangilash hamda zamonaviy elektr qurilmalarini o‘rnatish ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
G‘ijduvon tumanining “Sarmijon” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Qo‘rg‘on qishlog‘ida elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ularning asosiy maqsadi aholi xonadonlarini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, tarmoqdagi muammolarni bartaraf etish hamda tizim ishonchliligini oshirishdir.

Qo‘rg‘onliklar uchun qulaylik yaratish maqsadida tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan 118 dona mustahkam temir-beton tayanch o‘rnatildi.

Shuningdek, 3 ming 500 metrdan ortiq zamonaviy SIP kabellari tortilmoqda. Yangi tarmoqlar elektr energiyasini iste’molchilarga yanada barqaror va xavfsiz yetkazib berishga xizmat qiladi.

Qishloqdagi mavjud quvvatni oshirish maqsadida 250 kVA quvvatga ega transformator punkti o‘rniga shahar tipidagi 400 kVA quvvatli yangi transformator punktini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Yangi transformatorning ishga tushirilishi elektr tarmog‘idagi yuklamani kamaytirish va iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini yanada samarali qoplash imkonini beradi.

Bunyodkorlik va modernizatsiya ishlari yakunlangach, mahalladagi 300 dan ortiq xonadonning elektr ta’minoti sezilarli darajada yaxshilanadi.

Bu aholining kundalik turmushida qo‘shimcha qulaylik yaratib, elektr energiyasidan foydalanish sifatini oshiradi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


