Buxoro yangiliklari

Hamyondamas, poyabzalda: buxorolik erkak chegara orqali $50 000 olib kirmoqchi bo‘ldi

Picsart 24 10 02 12 54 28 681
Foto: Buxoroisharif.uz

Loading

“Olot” chegara bojxona posti orqali 50 ming AQSh dollarini Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketishga boʻlgan urinish bartaraf etildi.

Joriy yilning 25-sentabr sanasida Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona postiga piyoda sifatida kirib kelgan fuqaro tegishli tartib doirasida bojxona nazoratidan oʻtkaziladi.

Dastlab bojxona xodimining ogʻzaki soʻrovida fuqaro 5 000 AQSh dollari hamda 38 mln soʻm miqdorda milliy valyutalarni taqdim etadi. Ushbu naqd pullar qayta hisob kitob qilingan vaqtda esa 5 000 AQSh dollari deya taqdim etilgan valyutalar aslida 10 000 AQSh dollari, milliy valyutalar esa 38 mln soʻm emas balki 61 580 000 soʻm ekanligi aniqlanadi.

Mazkur vaziyat esa fuqaroning bojxona nazoratini chetlab oʻtish maqsadi borligidan dalolat beradi va bojxona xodimlarining gumonlarini yanada oshiradi.

Holatga oydinlik kiritish uchun tayinlangan bojxona koʻrigi davomida fuqaro yana 30 ming AQSh dollarini oyoq kiyimi ostiga va 10 ming AQSh dollarini yon choʻntaklariga berkitib, olib chiqishga uringanligi tasdiqlandi..Hozirda fuqaroning mazkur xatti-harakati yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan boʻlib, jami 50 ming AQSh dollari va 61 580 000 soʻm miqdordagi milliy valyutalar holatga oydinlik kiritilgunga qadar vaqtincha saqlovga olingan.

Eslatib oʻtamiz, jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) soʻmgacha boʻlgan naqd valyuta mablagʻlarini ixtiyoriy tarzda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatib, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishga ruxsat etiladi.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 23-uy. Bosh muharrir: Nazarov S. L. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat beriladi.

    © 2023. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.