Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (16.07.2026)
2026-yilning 16-iyul, payshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
Tashqi ko‘rinishingizni yaxshilash uchun qilinajak barcha harakatlar bugun muvaffaqiyatli kechadi. Bu masalada mutaxassislarga murojaat etsangiz, yana yaxshi.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Shaxsiy hayotingizda bugun kunning birinchi yarmida yoqimli tanaffuslar yuzaga kelishi kutiladi. Kun davomida qachonlardir ishqiy sarguzashtlarni baham ko‘rgan inson bilan uchrashib qolishingiz mumkin.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
Kechqurun kimdir sizga moddiy jihatdan yordam ko‘rsatishi kutilmoqda. Demak, siz ish yoki o‘qishdan keyin do‘kon aylanib yoqimli xaridlar qilish imkoniga ega bo‘lasiz.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Kun bo‘yi ishda ham, shaxsiy hayotda ham o‘ta qiziqarli hodisalarga guvoh bo‘lasiz. Ishda hamkasblar olqishi ham sizniki bo‘lishi kutiladi.
Arslon (24.07 — 23.08)
Bugun arslon burji vakillari uchun afsonaviy kechadi. Siz kelajakda mavqeingiz oshishi uchun tirgak vazifasini o‘tovchi ommaviy tadbirda ishtirok etishingiz mumkin.
Parizod (24.08 — 23.09)
Atrofdagilar sizga o‘xshashni, siz kabi ishlashni orzu qila boshlaganlariga amin bo‘lasiz. Moliyaviy masalada tejamkorlikning etagidan mahkam tutib olishingiz shart emas
Tarozi (24.09 — 23.10)
Yaqinlaringiz sizga bajonidil mehr va e’tibor ko‘rsatishga tayyor turishibdi. Buning uchun bolaga aylanishingiz shart emas.
Chayon (24.10 — 22.11)
Ertalabdanoq kayfiyatingizda ko‘tarinkilik ko‘zga tashlana boshlaydi. Bu holatdan unumli foydalanish niyatingiz bo‘lsa, arzimas mayda quvonchdan ham zavqlaning.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
Juftingiz bilan munosabatlarda prinsipiallikdan voz keching. Yon berishga harakat qiling.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Moliyaviy muammolarni hal etishda o‘zingiz xohlagan natijalarga erisha olmasligingiz mumkin. Lekin qayg‘urishga, bundan fojia yasashga hojat yo‘q.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
Bugun musiqa, suratkashlik va she’riyat bilan mashg‘ul insonlarga omad kulib boqadi. Kechqurungi taom iste’molida esa juda ziyrak turing.
Baliq (20.02 — 20.03)
Bugun bo‘lar-bo‘lmasga kuch sarflayverishdan saqlaning. Yaqin orada bu kuch sizga asqotishi mumkin.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


