Islom
Sen o‘z birodaringni yomon ko‘rgan narsasi bilan eslashing g‘iybatdir
Abu Hurayra roziallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Har bir musulmonning musulmon birodariga qoni, moli, sha’ni haromdir” (Imom Muslim rivoyati).
Abu ad-Dardo roziallohu anhudan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Biror kishi boshqa kishini unda yo‘q ayblar bilan ayblasa, Alloh taolo u kishini jahannamda o‘rab, aytgan gaplarini olib keladi” (Imom Termiziy rivoyati).
Hasan al-Basriy roziyallohu anhu dedilar: Bir kishi sizni g‘iybat qildi. Shunda Hasan roziallohu anhu unga bir tovoq xurmo jo‘natib, shunday dedilar: “Siz menga o‘z savob ishlaringizni hadya qilibsiz, shuning uchun sizni mukofotlamoqchi bo‘ldim, lekin uzr, men sizni to‘la mukofotlashga qodir emasman”.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam g‘iybatni tushuntirdilar: “Gʻiybat nima ekanligini bilasizlarmi?”– dedilar. Sahobalar: “Alloh va uning rasuli bilguvchiroqdir” dedilar. “Sen o‘z birodaringni yomon ko‘rgan narsasi bilan eslashing g‘iybatdir”. So‘radilar: “Agar aytgan narsam birodarimda bo‘lsachi?”. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Agar aytgan narsang birodaringda bo‘lsa, o‘sha g‘iybatdir. Agar aytgan narsang birodaringda bo‘lmasa u bo‘htondir” (Imom Muslim rivoyati).
Imom Gʻazzoliy roziallohu anhu dedilar: “Bilginki, g‘iybatning chegarasi o‘z birodaringni yomon ko‘rgan narsasi bilan eslashingdir. Garchi bu narsa u kishiga yetib borgan bo‘lsa ham. Bu narsalar uning nasabi, xulqi, dini va dunyosidagi kamchiliklarini eslashingdir. Bu narsaga hatto kiyimdagi, hovlidagi kamchiliklar ham kiradi”.
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu aytadilar: Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan ketayotgan edik. Yo‘lda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikkita qabr oldida to‘xtadilar. Bu qabr egalari azoblanmoqda. Biri odamlarni g‘iybat qilardi. Yana biri bavldan ehtiyot bo‘lmasdi. Keyin 2 ta ho‘l shox sindirib qabriga suqib qo‘ydilar. “Toki bu novdalar ho‘l ekan qabr egalari azobi yengil bo‘ladi” – dedilar.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


