Salomatlik

Olimlar uyquni normallashtirish uchun eng yaxshi sport turini aniqladi

pic
Foto: Magnific.com

Loading

Hali dam olish kunlariga ancha vaqt bo‘lsa-da, tadqiqotchilar hozirdanoq uyqu yetishmovchiligini to‘ldirish va rejimni yo‘lga qo‘yishning samarali yo‘lini topdi. Daryo shular haqida yozmoqda.

Xitoyning Xarbin sport universiteti tadqiqotchilari o‘tkazgan o‘rganishlar yoga uyquni yaxshilashga yordam berishini ko‘rsatdi. Mazkur xulosalar uyqusi buzilgan barcha yosh guruhlaridagi 2500 dan ortiq kishi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarga asoslangan.

Aniqlanishicha, haftasiga ikki marta, taxminan 30 daqiqa davomida yoga bilan shug‘ullanish oddiy yurish, kuch ishlatish mashqlari va aerobikaga qaraganda samaraliroq hisoblanadi. Yoga nafaqat mushaklarni mustahkamlaydi va cho‘ziluvchanlikni oshiradi, balki nafas olishni nazorat qilishni ham o‘rgatadi. Ushbu ko‘nikma sog‘lom uyqu uchun muhim bo‘lib, dam olish va ovqat hazm qilishga mas’ul parasimpatik asab tizimi faollashishini rag‘batlantiradi.

Bundan tashqari, nafas olish jarayoni organizmni, xususan, miyani kislorod bilan ta’minlaydi. Mutaxassislar bir daqiqada 12–20 marta nafas olish lozimligini ta’kidlamoqda. Tinch va to‘g‘ri nafas olish asab tizimini tinchlantiradi hamda uxlab qolishga yordam beradi. Qon aylanishini yaxshilash va organizmning kislorod bilan maksimal to‘yinishi uchun burun orqali nafas olish tavsiya etiladi.

Shuningdek, olimlar yoga miya to‘lqinlari faolligi namunalarini tartibga solishini, bu esa yanada chuqurroq uyquga yordam berishini qayd etgan.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng köp öqilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, Özbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim köchasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipoviç. Muassis: “Buxoroişarif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va şikoyatlaringizni info@buxoroişarif.uz ga yöllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan töliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, çop etish faqat manba körsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Uşbu sayt OAV sifatida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda röyxatdan ötgan.