Buxoro yangiliklari
Buxorodagi 626 ta yonğinning 518 tasi aholi xonadonlarida sodir bölgan
Buxoro viloyatida 2026-yilning ötgan davrida 626 ta yonğin qayd etilgan. Ularning 518 tasi — 83 foizi aholi xonadonlarida sodir bölgan. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroişarif.uz internet naşriga ma’lum qildi.
20-oktabr kuni viloyat hokimi Botir Zaripov rahbarligida kuz-qiş mavsumida yonğin, is gazidan zaharlaniş va havo-gaz aralaşmasi çaqnaşi bilan boğliq favqulodda holatlarning oldini oliş masalalari körib çiqildi. Aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari, köp kvartirali uylar, bozorlar va savdo majmualarida xavfsizlikni hamda elektr, gaz, içimlik suvi va issiqlik ta’minotining barqarorligini ta’minlaş vazifalari belgilandi.

Yonğinlar soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 23 taga kamaygan. Biroq Olot, Buxoro, Qoraköl, Ğijduvon va Romitan tumanlari hamda Kogon şahrida bunday holatlar köpaygani qayd etilgan.

Asosiy sabablar qatorida elektr uskunalaridan notöğri foydalaniş, oçiq alanga bilan boğliq ehtiyotsizlik va isitiş peçlarini quriş hamda işlatiş qoidalarining buzilişi körsatildi. Gaz va elektr jihozlaridan foydalanişda xavfsizlik talablariga rioya qiliş, möri va şamollatiş kanallarini muntazam tozalaş, nosoz uskunalarni işlatmaslik zarurligi ta’kidlandi.

Mas’ullarga barça aholi xonadonlarini birma-bir xatlovdan ötkaziş, möri va şamollatiş tizimlarining texnik holatini tekşiriş, kamçiliklarni joyida bartaraf etiş topşirildi. Qölbola va nostandart elektr hamda gaz isitiş moslamalaridan foydalanişga çek qöyiş vazifasi ham belgilandi. Tayyorgarlik işlarini rasmiyatçilik uçun emas, har bir xonadon va ijtimoiy obyekt xavfsizligini ta’minlaş nuqtayi nazaridan taşkil etiş talab qilindi.

Ta’lim va tibbiyot muassasalarining tayyorgarligini qisqa muddatda örganiş, isitiş tizimlari va qozonxonalarni sozlaş, zarur yoqilği hamda ehtiyot qismlar zaxirasini yaratiş topşirildi. Elektr yoki gaz uzilganda faoliyatni davom ettiriş uçun muqobil manbalar şay bölişi kerakligi qayd etildi.

Bozorlar va savdo majmualarida yonğinga qarşi yölaklar, evakuatsiya çiqişlari, suv ta’minoti, elektr va gaz tarmoqlarining holati tekşiriladi. Elektr tarmoqlaridagi ortiqça yuklamalarni bartaraf etiş, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini gaz, elektr, içimlik suvi hamda issiqlik bilan uzluksiz ta’minlaş çoralarini köriş vazifalari belgilandi.

Köp kvartirali uy-joy fondi, issiqlik manbalari, nasos stansiyalari va kommunal infratuzilmani mavsumga töliq tayyorlaşga alohida e’tibor qaratildi. Favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qiliş uçun avariyaviy-qutqaruv texnikalari va maxsus xizmatlar brigadalarining doimiy şayligini ta’minlaş topşirildi.
Mahallalarda is gazidan zaharlaniş, yonğin va havo-gaz aralaşmasi çaqnaşining oldini oliş böyiça tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş hamda xavfsizlik qoidalarini keng tarğib qiliş tavsiya etildi. Televideniye orqali uşbu hodisalarning ayançli oqibatlari aks etgan videoroliklarni muntazam namoyiş etiş ham taklif qilindi.
Şahar va tuman hokimliklariga kommunal xizmatlar bilan boğliq murojaatlarni tezkor qabul qiliş va hal etiş uçun 24 soatlik navbatçilik hamda dispetçerlik tizimini taşkil etiş vazifasi yuklatildi.
Belgilangan vazifalar ijrosini qat’iy nazorat qiliş, mas’ul rahbarlarning şaxsiy javobgarligini oşiriş, xavf-xatarlarni oldindan aniqlaş va bartaraf etiş zarurligi ta’kidlandi. Asosiy maqsad mavsumni aholi uçun xavfsiz va qulay ötkaziş, favqulodda hodisalarning oldini oliş, inson hayoti va salomatligini asraş ekani qayd etildi.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


