Buxoro yangiliklari

Buxoroda 11 xonali “Shamsobod hotel” mehmonxonasi faoliyat boshladi

21 shamsobod cover
Illyustrativ surat: Buxoroisharif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Loading

Buxoro shahrining Hamid Olimjon mahallasi, Namozgoh ko‘chasida “Shamsobod hotel” mehmonxonasi faoliyat boshladi. 11 ta xonadan iborat mehmonxona bir kunda 22 nafar mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Hamid Olimjon mahallasida 1 078 ta xonadon va 1 301 ta oila mavjud. Ularda jami 3 500 nafardan ortiq aholi istiqomat qilmoqda.

Shamsobod hotel — 1

Hududda xizmat ko‘rsatish, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik iqtisodiy “drayver” yo‘nalishlar sifatida rivojlantirilmoqda. Bu yangi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini oshirish va mahallaning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Shamsobod hotel — 2

Yangi mehmonxona sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratish va ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan. Loyiha shaharning turistik jozibadorligini oshirish hamda Buxoroning tarixiy-madaniy merosi va turistik imkoniyatlarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Shamsobod hotel — 3

Mehmonxona faoliyati natijasida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratildi. Hokimlik bu mahalliy aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish va oilalar farovonligini oshirishga hissa qo‘shishini qayd etdi.

Shamsobod hotel — 4

Mahallada xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay sharoitlar yaratish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish ishlari davom ettirilmoqda.

Shamsobod hotel — 5

Shamsobod hotel — 6

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.