Buxoro yangiliklari

Buxoro jamoasi belbog‘li kurash bo‘yicha U15 O‘zbekiston kubogida birinchi bo‘ldi

20 kurash cover
Illyustrativ surat: Buxoroisharif.uz (SI yordamida yaratilgan)

Loading

Buxoro viloyati jamoasi belbog‘li kurash bo‘yicha kichik o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. U15 yosh toifasidagi o‘g‘il va qizlar qatnashgan musobaqa 14–17-oktabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Buxoro viloyati sport boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Bellashuvlar G‘ijduvon tumanidagi sport majmuasida tashkil etildi. Unda mamlakatning barcha hududlaridan kelgan 400 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun kurashdi.

G‘ijduvonda belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi — 1

Musobaqaning birinchi kuni o‘g‘il bolalar belbog‘li kurashning klassik yo‘nalishi bo‘yicha 14 ta vazn toifasida kuch sinashdi.

G‘ijduvonda belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi — 2

16–17-oktabr kunlari esa o‘g‘il bolalar va qizlar belbog‘li kurashning erkin yo‘nalishida o‘zaro bellashdi.

G‘ijduvonda belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi — 3

Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng ko‘p medal jamg‘argan Buxoro viloyati jamoasi birinchi bo‘ldi. Farg‘ona viloyati jamoasi ikkinchi, Andijon viloyati terma jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

G‘ijduvonda belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi — 4

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

G‘ijduvonda belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi — 5

G‘ijduvonda belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi — 6

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.