Buxoro yangiliklari
Jondorda probatsiya nazoratidagi besh kishi ish bilan ta’minlandi
Jondor tumanida probatsiya nazoratidagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish ishlari doirasida besh nafar ishsiz fuqaroning bandligi ta’minlandi, tibbiy ko‘rikka muhtoj to‘rt kishiga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatildi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Manzilli o‘rganishlar Jondor tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya guruhi tomonidan tashkil etildi. Ishlar jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va nazoratdagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

Tibbiy yordamga ehtiyoji bo‘lgan to‘rt fuqaroning salomatlik holati o‘rganilib, mutaxassislar ishtirokida bepul xizmat ko‘rsatilishi ta’minlandi. Doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishga ko‘maklashish maqsadida “Ishga marhamat” mehnat yarmarkalari o‘tkazildi. Ular doirasida besh kishiga munosib ish o‘rni topishda amaliy yordam berildi.

Takroriy jinoyatlarning oldini olish maqsadida 16 nafar yosh ishtirokida maxsus psixologik treninglar tashkil etildi. Yoshlarga jamiyatda o‘z o‘rnini topish va sog‘lom turmush tarziga qaytish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Sud ajrimlari bilan tuzalish yo‘liga o‘tgan yetti nafar shaxs muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod etildi.

Shu bilan birga, belgilangan tartib-qoidalarni buzgan bir nafar nazoratdagi shaxsning ozodlikni cheklash jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

Tadbirlar davomida jinoyat sodir etish xavfi yuqori deb baholangan shaxslar bilan tuman IIB rahbariyati yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazdi. Ularga qonunchilik talablari tushuntirildi. Boshqarma hududdagi kriminogen vaziyatni barqaror saqlashga qaratilgan manzilli ishlar tizimli davom etayotganini bildirdi.

-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


