Buxoro yangiliklari
Buxorolik o‘quvchilar ingliz tili olimpiadasining xalqaro bosqichiga yo‘llanma oldi
Buxorolik o‘quvchilar Xalqaro ingliz tili olimpiadasining (ELO) respublika bosqichida munosib ishtirok etib, xalqaro bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
15-oktabr kuni viloyat hokimi Botir Zaripov Buxoro shahridagi Prezident maktabida xalqaro bosqichga chiqqan o‘quvchilar bilan uchrashdi. Muloqotda ularning olimpiadaga tayyorgarligi, mavjud imkoniyatlar va oldindagi vazifalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda qayd etilishicha, o‘tgan yili 1 500 nafar o‘quvchi ishtirok etgan xalqaro musobaqada Buxoro viloyati jamoasi ikkinchi o‘rinni egallagan. Jamoa 1 500 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofotini qo‘lga kiritgan.

Bu yilgi ishtirok uchun avvalgi natijani yaxshilash va birinchi o‘rinni egallash maqsadi qo‘yildi. Botir Zaripov o‘quvchilarni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, xalqaro maydonda mamlakat sharafini munosib himoya qilishlariga ishonch bildirdi.

Viloyat hokimi yoshlarga o‘z kuchi va bilimiga ishonish, astoydil tayyorgarlik ko‘rish hamda belgilangan maqsad sari qat’iyat bilan intilish muhimligini ta’kidladi.

Muloqot davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, tayyorgarlik jarayoniga oid fikr va takliflarini bildirdi. Ularning takliflari tinglanib, xalqaro bosqichda muvaffaqiyatli qatnashishlari uchun zarur sharoit yaratish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, xorijiy tillarni puxta o‘rganishi va xalqaro musobaqalarda salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


