Buxoro yangiliklari
35 nafar buxorolik yengil atlet milliy terma jamoa tarkibiga kiritildi
2026-yil natijadorlik ko‘rsatkichlariga ko‘ra, 35 nafar buxorolik yengil atlet milliy terma jamoa tarkibiga kiritilgan. Bu haqda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Ayni paytda viloyat sport ta’lim muassasalarida 1 499 nafar yosh yengil atletika bilan shug‘ullanmoqda. Ularning 487 nafari qizlar. 68 nafar malakali trener 159 ta mashg‘ulot guruhida sportchilarni tayyorlamoqda.

Buxorolik atletlar 2025-yilda respublika miqyosidagi musobaqalarda 50 ta, “Prezident Olimpiadasi”da esa 10 ta medalni qo‘lga kiritgan. Ushbu natijalar viloyat yengil atletika maktabi salohiyati sifatida e’tirof etilgan.

Mazkur ko‘rsatkichlar Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O. Choriyev va Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi mas’ullarining O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi Buxoro viloyati bo‘limiga tashrifi davomida qayd etilgan. Mas’ullar yosh sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning yutuqlari va tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishgan.

Dastlab sport majmuasining moddiy-texnik bazasi va mashg‘ulotlar uchun mavjud imkoniyatlar o‘rganilgan. Shundan so‘ng xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini himoya qilib kelayotgan sportchilar bilan muloqot tashkil etilgan.

2028-yilda Los-Anjelesda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik uchrashuvning muhim mavzularidan biri bo‘lgan. Yengil atletikaning sakkizta yo‘nalishi bo‘yicha saralangan istiqbolli sportchilarning tayyorgarligi, oldida turgan vazifalar va mavjud ehtiyojlar muhokama qilingan.

Yosh atletlarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish hamda xalqaro musobaqalarga puxta tayyorlash muhimligi ta’kidlangan. Yoshlarning sportga qiziqishini rag‘batlantirish va iqtidorli atletlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish ko‘zda tutilgan.

-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


