Buxoro yangiliklari
Vobkentning Shakarkent mahallasida 7 373 aholiga xizmat qiladigan tibbiyot punkti ochildi
Vobkent tumanining Shakarkent mahallasida yangi oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi. Bu haqda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
15-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan ochilish tadbirida tuman hokimi Akmal Ostonov ishtirok etib, mahalla ahlini yangi tibbiyot maskanining ish boshlagani bilan tabrikladi. Muassasa Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 300-son qarori asosida 3 milliard 200 million so‘m mablag‘ hisobidan yangidan barpo etilgan.

Zamonaviy oilaviy shifokorlik punkti 50 qatnovga mo‘ljallangan. U 1 476 ta oilada istiqomat qiluvchi jami 7 373 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Muassasada 149 nafar bir yoshgacha bo‘lgan bola, 18 yoshgacha bo‘lgan 2 674 nafar fuqaro, shuningdek, katta yoshli aholi va nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari yaratilgan.

Yangi tibbiyot maskanida 25 nafar tibbiyot xodimining faoliyat yuritishi ko‘zda tutilgan. Bu aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish, kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Shakarkentda oilaviy shifokorlik punktining ish boshlashi orqali tibbiy xizmatni aholiga yanada yaqinlashtirish, aholi salomatligini muhofaza qilish va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.


-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


