Buxoro yangiliklari
Buxoroning “Xo‘ja G‘unjoriy” mahallasida ruhiy salomatlik bo‘yicha tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi
Buxoro shahridagi 7-oilaviy poliklinikada 12-sonli “Xo‘ja G‘unjoriy” mahallasi aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Bu haqda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
13-oktabr kuni o‘tkazilgan ko‘rikda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyatidagi psixiatriya va narkologiya xizmati mutaxassislari ishtirok etdi. Ular 128 nafardan ortiq fuqaroni narkologiya, 30 nafardan ziyod fuqaroni psixiatriya yo‘nalishida ko‘rikdan o‘tkazdi.

Shuningdek, dispanser hisobida turuvchi 35 nafar bemor chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga tegishli tavsiyalar berildi.

Viloyatda aholi ruhiy salomatligini mustahkamlash, spirtli ichimliklarga qaramlikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda narkologik kasalliklarni erta aniqlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Bu ishlar Prezidentning 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori hamda PQ-2-son qaror ijrosi doirasida olib borilmoqda.

Mutaxassislar aholiga spirtli ichimliklarning inson salomatligi, ruhiy holati va oilaviy muhitga salbiy ta’siri, qaramlikning dastlabki belgilarini o‘z vaqtida aniqlash hamda tibbiy yordamga murojaat qilish muhimligini tushuntirmoqda.

Amalga oshirilayotgan choralar aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilish, zararli odatlarning oldini olish, kasalliklarni erta aniqlash va fuqarolarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirishga qaratilgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


