Buxoro yangiliklari
“Buxoro” U-19 G‘arb mintaqasida birinchi o‘rinni egallab, chorak finalga yo‘l oldi
“Buxoro” U-19 jamoasi U-19 chempionatining G‘arb mintaqasida muddatidan oldin birinchi o‘rinni egallab, chorak final bosqichiga yo‘llanma oldi. Bu haqda “Buxoro” professional futbol klubi matbuot xizmati Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Jamoa 13-oktabr kuni chempionatning 17-turida “Aral” U-19 vakillarini o‘z maydonida 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv “Umid” stadionida soat 10:00 ga belgilangan edi.

Bahodur Nabatov 11-daqiqada qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Biroq 21-daqiqada aynan u uchrashuvda hisobni ochib, “Buxoro”ni oldinga olib chiqdi.

Birinchi bo‘limda mezbonlar yana bir necha xavfli vaziyat yaratdi. 33-daqiqada Bahodur Nabatovning jarima maydonchasi ichidan yo‘llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. 37-daqiqada Ozodbek Sharipovning bosh bilan bergan zarbasini mehmonlar darvozaboni egallab oldi.

Birinchi bo‘lim “Buxoro”ning 1:0 hisobidagi ustunligi bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limda ham shu hisob bilan o‘yin davom etdi.

61-daqiqada Bahodur Nabatov ikkinchi golini urib, dublni rasmiylashtirdi va hisobni 2:0 ga yetkazdi. 64-daqiqada Shaxzod Ibragimovning olis masofadan yo‘llagan kuchli zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi.

Yakuniy hisob — 2:0. Har ikki golga Bahodur Nabatov mualliflik qildi. Klub ushbu g‘alabadan so‘ng jamoaning G‘arb mintaqasida birinchi o‘rin va chorak final yo‘llanmasini muddatidan oldin qo‘lga kiritganini ma’lum qildi. Uchrashuv fotosuratlari klub matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan.

-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


