Buxoro yangiliklari
Shayx-ul Olam mahallasida qariyb 3 ming kitobli kutubxona barpo etilmoqda
Shayx-ul Olam mahallasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini rivojlantirish uchun barcha zarur sharoitlarga ega zamonaviy kutubxona barpo etilmoqda. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Yangi kutubxona yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish, bilim va dunyoqarashini kengaytirish uchun qulay, zamonaviy muhit yaratishga xizmat qiladi.

Maskan nafaqat kitob mutolaasi, balki yosh tahlilchilar, izlanuvchilar, ijodkorlar va ma’rifatparvar yoshlarning o‘zaro fikr almashishi hamda yangi g‘oyalar ustida ishlashi uchun ham mo‘ljallangan.

Kutubxona fondini turli yo‘nalish va mavzularga oid 3 mingga yaqin kitob bilan boyitish rejalashtirilgan.

Fondga badiiy, ilmiy, tarixiy, ma’rifiy va zamonaviy adabiyotlar kiritilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu nashrlar yoshlarning bilim olish va izlanish imkoniyatlarini kengaytirishi qayd etilgan.

Boshqarma ushbu kutubxona yosh avlodni ezgu maqsadlar sari yetaklaydigan muhim ma’naviy maskanlardan biriga aylanishini ta’kidlagan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


