Buxoro yangiliklari
Shofirkonning yetti qishlog‘ida 4,5 kilometr ichki yo‘l asfaltlanmoqda
Shofirkon tumanidagi Do‘rmon, Qog‘oton, Qizilon, Qorabosh, Arablar, Chig‘atoy va Boboato dara qishloqlarida jami 4,5 kilometr ichki yo‘lni asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Ishlar Islom taraqqiyot banki guruhi ishtirokidagi «Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish» loyihasining PQ-5246-sonli qaror asosidagi birinchi fazasi doirasida amalga oshirilmoqda. Loyiha aholi turmush sharoitini yaxshilash, mahallalar infratuzilmasini modernizatsiya qilish va qishloqlarni zamonaviy qiyofaga keltirishga qaratilgan.

Ichki yo‘llarni asfaltlashtirish uchun 2 milliard 286 million so‘m yo‘naltirilgan. Yangi asfalt qoplamasi aholining qulay va xavfsiz harakatlanishi hamda qishloqlardagi ichki transport infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Loyiha doirasida Do‘rmon qishlog‘idagi 3-sonli umumta’lim maktabini ta’mirlash uchun 6 milliard 261 million so‘m ajratilgan. Ta’mirdan so‘ng yangi qiyofadagi ta’lim maskani foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, 15 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i barpo etilib, bu ishlarga 2 milliard 638 million so‘m sarflangan. Oltita transformator punkti o‘rnatilishi va qariyb 9 kilometr elektr tarmog‘i tortilishi uchun 1 milliard 889 million so‘m yo‘naltirilgan.

Ikki kilometr piyodalar yo‘lagi barpo etilishiga 1 milliard so‘m, 1,5 kilometr irrigatsiya tizimini yaxshilash ishlariga esa 783 million so‘m ajratilgan. Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, oltita asosiy yo‘nalish bo‘yicha jami 14 milliard 857 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Bugungi kunda asosiy e’tibor aholiga zarur bo‘lgan ichki yo‘llarni obodonlashtirish va asfaltlashtirish ishlarini sifatli yakunlashga qaratilgan. Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash loyiha doirasidagi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib, sifatli ta’mir aholi kundalik hayotida qulaylik yaratishi bilan ahamiyatlidir.

Yangi va ravon yo‘llar nafaqat harakatlanish qulayligini, balki hududlar obodligi, aholi farovonligi va qishloqlarning zamonaviy qiyofasini ta’minlashda ham muhim omil ekani qayd etilgan.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


