Buxoro yangiliklari
Buxorodagi “USTO” mehmon uyida tarixiy muhit va fotogalereya uyg‘unlashgan
Buxoro shahrining tarixiy qismidagi “USTO” oilaviy mehmon uyi an’anaviy xonadon muhiti bilan xususiy fotogalereyani birlashtirgan madaniy va kreativ turizm maskanlaridan biridir. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Mehmon uyi XIX asrga oid an’anaviy Buxoro xonadonida tashkil etilgan. Bu yerda 1907-yilda bunyod etilgan tarixiy xonaning asl qiyofasi va muhiti bugungi kungacha asrab-avaylab kelinmoqda.

Maskanning o‘ziga xos jihatlaridan biri — unda tashkil etilgan xususiy fotogalereya. “Buxoroni fotograf nigohi bilan ko‘rish” g‘oyasi mehmon uyini shahardagi boshqa madaniy va kreativ turizm maskanlaridan ajratib turadi.

Galereyada taniqli buxorolik fotograf Shavkat Boltaev hamda uning shogirdlari ijodiga mansub fotosuratlar namoyish etilmoqda. Ular mehmonlarga Buxoroni nafaqat qadimiy obidalari, balki fotosuratlarda aks etgan shahar hayoti, insonlari va betakror muhiti orqali ham kashf etish imkonini beradi.

Hokimlik matbuot xizmati qayd etishicha, bugungi sayyoh uchun sayohat faqat mehmondo‘stlik yoki mehmonxonada tunash bilan cheklanmaydi. Qadimiy va zamonaviylik uyg‘unlashgan shahar ko‘rkidan zavq olish, aholining oddiy turmush tarzi, an’ana va qadriyatlari, hunarmandchiligi, xalq amaliy san’ati bilan tanishish hamda milliy oshxonadan bahramand bo‘lish ham sayyohlik tajribasining bir qismidir. “USTO” ana shunday o‘ziga xos tajribani taqdim etuvchi maskanlardan hisoblanadi.

Bu kabi maskanlar tarixiy xonadonlarni asrab-avaylagan holda ularga yangi sayyohlik mazmunini berishga xizmat qilmoqda. Ular ko‘hna shaharda turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va sayyohlarga yangicha, unutilmas taassurotlar taqdim etishning namunasidir.


-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


