Buxoro yangiliklari

Buxoro bolalar tibbiyot markazida xalqaro sifat auditi birinchi bosqichi yakunlandi

children audit cover 2026 10 11
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Buxoro viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida ISO 7101:2023 xalqaro standarti talablari asosida sertifikatlashtirish auditining birinchi bosqichi yakunlandi. Jarayon tibbiy xizmatlar sifatini boshqarishni takomillashtirish, bemorlar xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy boshqaruv tamoyillarini amaliyotga joriy etishga qaratilgan. Bu haqda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

ISO 7101:2023 sog‘liqni saqlash tashkilotlarida sifat menejmenti tizimiga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi xalqaro standartdir. U tibbiy yordam sifatini uzluksiz yaxshilash, klinik va ma’muriy jarayonlar samaradorligini oshirish hamda bemorlar huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Bolalar tibbiyot markazidagi sifat auditi — manba surati 1

Standartni joriy etish doirasida markazda ichki ish jarayonlarini takomillashtirish, standart operatsion tartiblarni ishlab chiqish, xavflarni boshqarish, infeksion xavfsizlikni ta’minlash va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.

Bolalar tibbiyot markazidagi sifat auditi — manba surati 2

Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish, bemorlar hamda ularning qonuniy vakillari bilan samarali qayta aloqa tizimini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bolalar tibbiyot markazidagi sifat auditi — manba surati 3

Tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida emotsional intellekt, kasbiy muloqot, bemor manfaatlariga yo‘naltirilgan yondashuv, yetakchilik va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan treninglar hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Bolalar tibbiyot markazidagi sifat auditi — manba surati 4

Auditning birinchi bosqichi sifat menejmenti tizimining tayyorgarlik darajasini baholash, mavjud hujjatlarni tahlil qilish va keyingi bosqichgacha takomillashtirilishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlarni belgilash imkonini beradi.

Bolalar tibbiyot markazidagi sifat auditi — manba surati 5

Xalqaro standart talablarini joriy etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bolalar tibbiyot markazidagi sifat auditi — manba surati 6

Markazning asosiy maqsadi faqat xalqaro sertifikatga ega bo‘lish emas, balki har bir bolaning salomatligi, xavfsizligi va huquqlari ustuvor bo‘lgan sifatli tibbiy yordam tizimini shakllantirishdan iborat.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.