Buxoro yangiliklari

“Ko‘mak” loyihasi orqali Buxoro viloyatida 82 ta o‘quv markazi ochilgan

komak cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

“Ko‘mak” loyihasi doirasida Buxoro viloyatida 82 ta o‘quv markazi ochilgan. Loyiha olis hududlardagi yoshlarga o‘z yashash joyida xorijiy tillarni o‘rganish imkonini bermoqda. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Mamlakat bo‘yicha loyiha doirasida 600 ta o‘quv markaziga ssuda ajratilgan. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan qariyb 77 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Natijada 30 mingdan ortiq yosh xorijiy tillarni o‘rganmoqda, 2 mingdan ortiq ish o‘rni yaratilgan.

“Ko‘mak” loyihasi 158 ta tumanni qamrab olgan. Bu mamlakat tumanlarining qariyb 90 foizida yoshlar uchun yangi ta’lim imkoniyatlari yaratilayotganini anglatadi.

Loyiha orqali o‘quv markazlari eng ko‘p ochilgan hududlar:

  • Surxondaryo viloyati — 99 ta;
  • Buxoro viloyati — 82 ta;
  • Qashqadaryo viloyati — 58 ta;
  • Samarqand viloyati — 52 ta;
  • Farg‘ona viloyati — 50 ta.

Agentlik qayd etishicha, hududlardagi ushbu tashabbuslar ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga, mahalliy tadbirkorlikni ham rivojlantirmoqda. Asosiy natija — yoshlar qayerda yashashidan qat’i nazar, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniga ega bo‘layotganidir. “Ko‘mak” orqali ushbu imkoniyatlar yanada kengaytirilmoqda.

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.