Munajjimlar bashorati
Munajjimlar bashorati (11.10.2026)
2026-yilning 11-oktabr, yakshanba kuni uchun munajjimlar bashorati
Qo‘y (21.03 — 20.04)
11-oktabr kuni xayollarni bir joyga jamlagan holda, mas’uliyatni chuqur his qilib ish boshlashingiz kerak. Busiz ko‘zlangan maqsadlarga yetishingiz juda qiyin bo‘ladi. Agar kuch va imkoniyatlaringiz yetarliligiga shubha qilsangiz, tajribasi ko‘p hamkasblarga yordam so‘rab murojaat eting. Juftingiz bilan munosabatlaringiz yanada mustahkam tortishini xohlasangiz, kechqurun unga atab kutilmagan sovg‘a tayyorlab qo‘ying. Bugun kechqurun surunkali xastaliklar qo‘zg‘alish ehtimoli bor. O‘zingizni ehtiyot qiling.
Buzoq (21.04 — 21.05)
Bugun kun davomida ham muhabbatda, ham moliyaviy sohada ko‘plab yoqimli lahzalarni boshdan kechirishingiz kutilmoqda. Atrofdagilar qarshisida ham xuddi qahramonlardek aziz bo‘lasiz. Mabodo kunning ikkinchi yarmida olis safarga otlansangiz, aptechka olish esingizdan chiqmasin. Hozir shamollashlar mavsumi. Ehtiyotingizni qilib yursangiz, ziyon qilmaydi. Tadbirkorlarning ham daromadi bugun ko‘ngildagidek bo‘ladi.
Egizaklar (22.05 — 21.06)
11-oktabrda tabiatan kuzatuvchanligingiz negadir yodingizdan chiqadimi, hayotingizdagi eng muhim hodisalarni o‘tkazib yuborishingiz mumkin. Oilasiz bo‘lsangiz, romantik tanishuvlar chog‘ida faolroq va uddaburonroq bo‘ling. Sershovqin davralardan o‘zingizni nari olganingiz ma’qul. Spirtli ichimliklar iste’molidan tiyiling. Katta ishlarga pul tikish bugun muvaffaqiyatsizlik keltiradi.
Qisqichbaqa (22.06 — 23.07)
Kunning birinchi yarmida rahbarlar zimmangizga yuklangan ishlarni unutib qoldirsangiz bormi, tamom bo‘ldim deyavering. Shuning uchun sergaklikni sira qo‘ldan bermang. Maosh ortishi-yu, mukofotlardan ham mahrum bo‘lasiz. Sportchilar, tadbirkorlar va ijod odamlari bugun kun davomida faqat muvaffaqiyatlar qurshovida bo‘lishadi. Uxlashga yotishdan oldin kompyuter qarshisida uzoq o‘tirishingiz tavsiya etilmaydi. Salomatlikni ehtiyot qiling. Ko‘cha ovqatini iste’mol qilmang. Zaharlanishingiz ehtimoli bor.
Arslon (24.07 — 23.08)
11-oktabr kuni ishlaringiz ko‘paygandan ko‘payadi. Ammo ularning hammasini bir o‘zingiz bajarib tugata olmasligingiz aniq. Shuning uchun yarmini hamkasblarga oshirib qo‘yishingiz kerak bo‘ladi. Jamoaviy ishlar odamga qanot va kuch bag‘ishlaydi. Kechqurun yaqin qarindoshlardan biri yo xastalanib qolishi, yoki moddiy jihatdan qiynalib qolishi natijasida sizga yordam so‘rab murojaat etishi mumkin.
Parizod (24.08 — 23.09)
Qoningizdagi adrenalin ertalabdan sakrab sizga tinchlik bermasligi mumkin. Ammo bu martabani oshirish masalasida aksincha yordam beradi. Ayrimlar kun davomida qog‘ozbozlik, hujjatlarni titkilash bilan band bo‘lishi kutiladi. Shaxsiy hayotda qo‘lingizdan kelmaydigan maqsadlarni oldingizga ko‘ndalang qo‘ymang. Suygan insoningiz bilan har qanaqasiga murosada bo‘lishga harakat qiling. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, ehtiyotingizni qilishingiz tavsiya etiladi.
Tarozi (24.09 — 23.10)
11-oktabrda ertalab o‘zingizni yomon his eta boshlasangiz, dam olganingiz ma’qul. Anchadan beri vrachga uchrashmagansiz. Borib yana ko‘rikdan o‘tib qo‘yishingiz lozim bo‘ladi. Shaxsiy biznesiga egalarni bugun raqobatchilar xit qilishi mumkin. Sabr qiling va aqlni ishlatgan holda ularga arzirli javob qaytaring. Pullaringizni tejab ishlatsangiz, inqiroz sizni chetlab o‘tgan bo‘lardi.
Chayon (24.10 — 22.11)
Atrofdagilar bilan munosabatlarda bugun sezilarli muammolar ko‘zga tashlanadi. Negadir qo‘shimcha daromadli ish taklif qilishsa ham rad javobini bera boshlaysiz. O‘ylab ko‘ring, oshib toshib ketganingiz yo‘q. Ishxonangizdagi rahbarlar topshirgan vazifalarni o‘z vaqtida sifatli bajarishga harakat qiling. Aks holda ish salbiy tarafga qarab o‘zgarishi mumkin. Muhabbatda oila qurmaganlar bo‘lg‘usi juftini to‘y masalasiga ko‘ndirishda anchagina ter to‘kishlariga to‘g‘ri keladi.
O‘qotar (23.11 — 21.12)
11-oktabr kuni nimani eshitsangiz, nimani ko‘rsangiz, yoqimli tuyulaveradi. Hatto, nuqul asabingizga o‘ynayveradiganlar ham ko‘zingizga yaxshi ko‘rina boshlaydi. Chunki ertalabdan kayfiyatingiz a’lo bo‘ladi. Ammo kayfiyatga ishonib haddan tashqari bo‘shashib ketsangiz ham bo‘lmaydi. Pand yeb qolishingiz mumkin. Moddiy ahvolingiz o‘rtacha holatda bo‘ladi. Kattaroq daromadga ega bo‘lish uchun qo‘shimcha daromad keltiradigan ish topishingiz kerak bo‘ladi.
Tog‘ echkisi (22.12 — 20.01)
Bugun sizga qo‘pol munosabatda bo‘lmagan ma’qul. Arzimas tanqidni, hazilni ham yurakka yaqin ola boshlaysiz. Asablar temirdan emas. Ularni ehtiyot qilsangiz ma’qul bo‘lardi. Ishxonangizdagi vazifangizni o‘z vaqtida bajarib qo‘ysangiz, qo‘shimcha mukofot puliga ega chiqishingiz aniq. Agar bir joyda o‘tirib ishlasangiz, tez-tez bel qismingizni mustahkamlovchi mashqlarni bajarib turing. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.
Qovg‘a (21.01 — 19.02)
11-oktabrda qovg‘a burjida tug‘ilganlar kechagi qolib ketgan ishlarni yakuniga yetkazish niyatida kuyib pishishadi. Shaxsiy mashinasida yo‘lga chiqadiganlarga maslahat shuki, avtomobilingizni begona ko‘zlardan ehtiyot qiling. Serqatnov yo‘llarda ehtiyot bo‘ling. Halokat yuz berish xavfi bor. Shamollab qolishdan o‘zingizni asrang. Kechqurun tanishlarmi, do‘stlardan birimi sizni oilaviy mehmonga taklif etishi mumkin.
Baliq (20.02 — 20.03)
Ishxonangizda hamkasblardan biri bilan bahslashib qolishingiz kutiladi. Unga bor haqiqatni aytib tashlashingiz yoqib tushmaydi. Oilaviy hayotda yoqimli lahzalarni boshdan kechirasiz. Kechki payt ta’mir ishlari bilan band bo‘lishingiz ehtimoli bor. Oila qurmaganlarni kechqurun romantik uchrashuv kutib qoladi.
Tepada yozilganlarga ishonish-ishonmaslik, albatta, har kimning o‘ziga havola. Lekin, bularni shunchaki o‘qishning o‘zi boshqacha…
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


