Buxoro yangiliklari

Buxoroda havo sifatini kuzatish uchun fon monitoring stansiyalari o‘rnatilmoqda

air monitor cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Buxoro viloyatida atmosfera havosining holatini muntazam kuzatib borish uchun fon monitoring stansiyalari o‘rnatilmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Mazkur stansiyalar, asosan, korxona va tashkilotlarning sanitariya-himoya zonalarida joylashtirilmoqda. Ular atmosfera havosining holati bo‘yicha doimiy monitoring olib borishga xizmat qiladi.

Atmosfera havosini monitoring qilish stansiyalari

Fon monitoring stansiyalari havodagi o‘zgarishlarni muntazam kuzatish, uning sifatini baholash hamda ehtimoliy ifloslanish holatlarini o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi.

Atmosfera havosini monitoring qilish stansiyalari

Ushbu tizim orqali ekologik vaziyatni nazorat qilish va atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha zarur choralarni belgilash ishlari kuchaytirilmoqda. Bu aholi uchun sog‘lom atrof-muhitni ta’minlashga qaratilgan.

Atmosfera havosini monitoring qilish stansiyalari

Atmosfera havosini monitoring qilish stansiyalari

Atmosfera havosini monitoring qilish stansiyalari

Atmosfera havosini monitoring qilish stansiyalari

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.