Buxoro yangiliklari

Peshkudagi «Shavgon» mahallasida 200 million so‘mlik kredit hisobiga issiqxona ishga tushirildi

shavgon cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

Peshku tumanining «Shavgon» mahallasida yashovchi Otabek Sadirov 10 sotix maydonda zamonaviy issiqxona tashkil etib, uning faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Tadbirkor mazkur loyihani amalga oshirish uchun 200 million so‘m miqdorida imtiyozli kreditdan foydalangan. Mablag‘lar issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va ishlab chiqarish uchun zarur sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan.

Shavgon mahallasidagi issiqxona

Ayni paytda issiqxonada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish ishlari davom etmoqda. Mavsum yakuniga qadar ushbu maydondan 3 tonnagacha hosil olish rejalashtirilgan. Mahsulotlarni ichki bozorda sotish orqali oilaviy daromadni oshirish ko‘zda tutilgan.

Shavgon mahallasidagi issiqxona

Loyiha doirasida oila a’zolarining bandligi ham ta’minlangan. Tadbirkor ularni issiqxonadagi ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etib, oila uchun doimiy daromad manbaini shakllantirgan.

Shavgon mahallasidagi issiqxona

Mahallada amalga oshirilayotgan bunday tashabbuslar aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishga qaratilgan. Issiqxona faoliyati tomorqa va yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda mahallaning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Shavgon mahallasidagi issiqxona

Shavgon mahallasidagi issiqxona

Shavgon mahallasidagi issiqxona

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.