Buxoro yangiliklari
G‘ijduvondagi korxona 900 ming dollarlik PVX marmar panellarini eksport qildi
«G‘ijduvon mashhurasi» MChJ 2025-yil va 2026-yilning o‘tgan davrida 900 ming AQSh dollari qiymatidagi 900 tonna tayyor PVX marmar panellarini eksportga yo‘naltirdi. Bu haqda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.
Mazkur davrda korxona umumiy qiymati 2,1 million AQSh dollariga teng 2 300 tonna xomashyoni «Bojxona hududida qayta ishlash» rejimiga rasmiylashtirgan. Qayta ishlash natijasida olingan tayyor mahsulotlar tashqi bozorga chiqarilgan.

PVX marmar panellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «G‘ijduvon mashhurasi» hozirda Vakolatli iqtisodiy operator — VIO maqomini olish uchun ham ariza topshirgan. Boshqarma ushbu maqom korxonaning eksport imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishini qayd etdi.

Bu ma’lumotlar G‘ijduvon tumanidagi tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda taqdim etildi. Boshqarma boshlig‘i B. Muratov tadbirkorlarning bojxona sohasidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini tinglab, muammolarni joyida o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

Muloqotda «Parvoz Xumo Ravnaq Trans» MChJ vakili eksport yuklari «Xavfni boshqarish tizimi» orqali «sariq» yoki «qizil» yo‘lakka yo‘naltirilganda rasmiylashtirish biroz vaqt olayotganini ma’lum qildi. Mutaxassislar tizim to‘liq avtomatlashtirilgani va unga inson omili ta’sir etmasligini tushuntirdi.

Jarayonni tezlashtirish va bunday kechikishlarning oldini olish uchun murojaat qilgan korxonaga ham VIO maqomini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

«G‘ijduvon mashhurasi» vakillari va boshqa tadbirkorlarga Prezidentning 2026-yil 27-avgustdagi PF-174-son Farmonida nazarda tutilgan imtiyoz va yengilliklar tushuntirildi. Ular bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish hamda halol tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani qayd etildi.

Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, VIO maqomi berilgan korxonalarning yuklari birinchi navbatda va tezkor tartibda rasmiylashtiriladi, minimal darajada ko‘zdan kechiriladi. Shuningdek, bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatlari yaratiladi. Bojxona va biznes o‘rtasidagi muloqotlar hududning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
-
20.08.2022
Somoniylar sulolasi haqida nimalarni bilasiz?
-
20.08.2022
Jasur Umirov “Jumagul” qo‘shig‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi
-
20.08.2022
Kamola Artikova Zohidga turmushga chiqsa, uni o‘ldirib ketish bilan tahdid qilishganini aytdi
-
20.08.2022
G‘iybat nima ekanligini bilasizmi?
-
20.08.2022
Jahongir Xo‘jayev “Aristokratlar”dagi behayo hazillarga izoh berdi – video
-
20.08.2022
Sardor Rahimxon qizining sog‘lig‘i haqida ma’lumot berdi
-
22.08.2022
“Konechka” bekati yangidan qurilmoqda
-
19.08.2022
Noyabr oyida yurtimizda Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi bo‘lib o‘tadi


