Buxoro yangiliklari

G‘ijduvonda 204 dona kuchli ta’sir qiluvchi dorini 1 600 dollarga sotishga uringan shaxs ushlandi

customs medicines cover
Foto: Buxoroisharif.uz (SI)

Loading

G‘ijduvon tumanida tarkibida gabapentin kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan 204 dona «Gabaten» dori vositasini 1 600 AQSH dollariga sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi. Tezkor tadbir Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan o‘tkazildi. Bu haqda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Buxoroisharif.uz internet nashriga ma’lum qildi.

Bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi amaliy chora-tadbirlarni davom ettirmoqda.

Bojxona organlari aniqlagan dori vositalari

Shu yo‘nalishda Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida ham tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazdi.

Bojxona organlari aniqlagan dori vositalari

47 yoshli fuqaroning xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, yerto‘lada qonunga xilof ravishda saqlanayotgan 84 ta blisterdagi jami 1 176 dona «Regapen» dori vositasi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Bojxona organlari aniqlagan dori vositalari

Bojxona qo‘mitasi Markaziy bojxona laboratoriyasi o‘tkazgan sud-kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalari tarkibida jami 352,5 gramm pregabalin kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjudligi tasdiqlandi. Bojxona organlari qayd etishicha, amaldagi tartiblarga muvofiq, mazkur moddaning 10 grammdan yuqori miqdori ko‘p miqdor hisoblanadi va javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Bojxona organlari aniqlagan dori vositalari

Hozir ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bojxona organlari aniqlagan dori vositalari

Muhokama qilish (0 ta sharh)

Javob berish


  • Telegram
    Buxoroisharif.uz

    Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

    Яндекс.Метрика

    Tahririyat manzili: 200400, O‘zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Nodirabegim ko‘chasi, 14-uy. Bosh muharrir: Nazarov Sanjar Latipovich. Muassis: “Buxoroisharif UZ Axborot xizmati” xususiy korxonasi. Ariza, taklif va shikoyatlaringizni info@buxoroisharif.uz ga yoʻllang. Joylashtirilgan maʼlumotlardan toʻliq yoki qisman foydalanish, tarqatish, chop etish faqat manba ko‘rsatilgan hollarda ruxsat etiladi.

    © 2026. Ushbu sayt OAV sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi AOKA dan 1394 raqami bilan 2021-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.